Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   COVID-19

O‘zbekiston-Afg‘oniston davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha to‘xtatildi


TOSHKENT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganligini inobatga olib, o‘zbek-afg‘on davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shu bilan birga, Afg‘oniston fuqarolariga turistik vizalar berish hamda turistik firmalardan viza talabnomalarini qabul qilish ham vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, “Termiz-avtoyo‘l” chegara o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslar tomonidan o‘tkazish punktida faoliyat yuritayotgan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan taqdirda O‘zbekiston hududiga kiritiladi.

Koronavirus infeksiyasiga musbat natija aniqlangan O‘zbekiston fuqarolari  esa tegishli hududda joylashgan maxsus klinikalarga davolash uchun yuboriladi.

Koronavirus infeksiyasiga musbat natija aniqlangan chet el fuqarolari esa O‘zbekiston hududiga kiritilmaydi.

Bundan tashqari, sinov tariqasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan O‘zbekistonga chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelgan barcha shaxslardan, respublika hududiga kirib kelganlaridan so‘ng 7-kunga qadar koronavirus infeksiyasiga polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvini o‘tkazish va bunda test xarajatlarini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash tizimi etiladi.

Mavzuga oid

Xitoy kompaniyasi koronavirusga qarshi k...

O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi tomonidan shakllantirilgan yuk O‘zbekiston R...

Fuqarolarning O‘zbekistonda koronavirusg...

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash va pandemiyaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy riv...

Hindiston va Turkiyaga davolanish uchun ...

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar v...

So`nggi yangiliklar