Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston-Belgiya biznes hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi


TOSHKЕNT, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya departamenti Belgiyaning mamlakatimizdagi elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Mark Mixelsen bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbiri.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, joriy yil noyabr oyida Belgiyaning yetakchi kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish va ularning respublika ishbilarmon doiralari vakillari bilan muzokaralarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Belgiya delegatsiyasi tarkibi kimyo sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda faoliyat olib borayotgan kompaniyalari vakillaridan tashkil topishi ma’lum qilindi.

Mark Mixelsen, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining dinamik rivojlanishi va uning deyarli barcha tarmoqlarida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bugungi kunda belgiyalik sarmoyadorlar uchun jozibador mamlakatga aylanmoqda.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama biznes hamkorlik kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining bir...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev kecha Mustaqil Da...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi dele...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya jo...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Yevropa Ittifoqinin...

So`nggi yangiliklar