Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/May/2021   Siyosat

O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi


TOSHKENT, 12-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlou bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston - Buyuk Britaniya munosabatlarining  holati va istiqbollari, jumladan, siyosiy muloqotni chuqurlashtirish va barcha sohalardagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, parlamentlararo hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni kuchaytirish hamda huquqiy bazani kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda tomonlar turli darajada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston -  Buyuk Britaniya tadbirlari jadvaliga oid takliflarni ham ko‘rib chiqdi.

Mavzuga oid

Senat qo‘mitasi raisi qo‘shni davlatlar ...

Unda nostrifikatsiya bilan bog‘liq jarayon tahlildan o‘tkazilib, qo‘shni Qirg‘iziston va T...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov Avstraliyaning mamlakatimi...

Aholining dori vositalari, tibbiy buyuml...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

So`nggi yangiliklar