Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   Iqtisodiyot

O‘zbekiston-Italiya to‘qimachilik biznes forumi bo‘lib o‘tdi

RIM, 27-iyun. / “Dunyo” AA/. Italiyaga eksport hajmini oshirish va to‘qimachilik sohasida eksport mahsulotlari turlarini kengaytirish maqsadida videoaloqa shaklida to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan Italiya – O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.   


Tadbir mamlakatimizning Rimdagi elchixonasi tomonidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda “Italiya – O‘zbekiston” savdo palatasi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi. Unda ikki davlat tomonidan 40dan ziyod kompaniya, sohaviy uyushma va tashkilotlar vakillari qatnashdi.

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar jadallik bilan rivojlanib va kengayib borayotganiga eʼtibor qaratdi. Buning asosiy poydevorini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ochiq siyosat, keng ko‘lamli islohotlar va ishbilarmon doiralar vakillari uchun yaratilgan qulay iqtisodiy muhit va taqdim etilayotgan imkoniyatlar alohida taʼkidladi. 

Paxta-to‘qimachilik sohasi Italiya bilan iqtisodiy hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekani aytib o‘tildi. Italiyaga amalga oshirilayotgan eksportni taxminan 90 foizi aynan paxta-to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Oxirgi 2-3 yilda eksport qilinayotgan mahsulotlar yuqori darajada qo‘shilgan qiymatga ega ekani, tayyor tovarlar ulushi ortib borayotgani alohida urg‘ulandi. Bu borada to‘qimachilik sohasida ikki davlat o‘rtasida katta potensial mavjudligi va undan samarali foydalanish zarurligi aytib o‘tildi. 

 “O‘zto‘qimachiliksanoat” raisi Ilhom Haydarov va uyushma xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizning to‘qimachilik va charm-poyabzal sohalaridagi amalga oshirilayotgan islohotlar, joriy etilayotgan klaster tizimi va uning ushbu tarmoqlarni rivojlanishiga va eksport salohiyatini kuchaytirishga katta turtki bo‘lgani to‘g‘risida batafsil maʼlumot berib o‘tildi.

O‘zbekiston yengil sanoatiga dunyodagi, shu jumladan, Italiya yetakchi kompaniyalari asbob-uskunalari va zamonaviy texnologiyalari jalb qilinayotgani mamalakatimiz to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarini jahon andozalariga mos ravishda, yuqori sifatda ishlab chiqarishga imkon berishi va ularni raqobatbardoshligini taʼminlashi aytildi.

Respublikamiz Yevropa Ittifoqini GSP+ tizimi benifetsiari bo‘lgani va davlat tomonidan ushbu soha korxonalari uchun turli qo‘llab-quvvatlash mexanizmi va choralari ishlab chiqilgani mahalliy mahsulotlarni Yevropa bozoriga kirib borishiga va o‘z o‘rnini egallashiga qulay imkoniyatlar yaratmoqda.

Ishtirokchilarning alohida eʼtibori O‘zbekistonga nisbatan “Cotton Sampaign” boykoti bekor qilinganiga qaratildi. Bu, o‘z navbatida, Yevropani, shu jumladan Italiyani to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi taniqli kompaniyalari bilan hamkorlikni o‘rnatishda va rivojlantirishda yangi imkoniyatlar ochib berishi taʼkidlandi.

 “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbari Italiya kompaniyalarini joriy yil oktbyar oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan to‘qimachilik sanoati ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.     

“Italiya – O‘zbekiston” savdo palatasi prezidenti Jorjio Veronezi Italiya ishbilarmon doiralari tomonidan O‘zbekistonga oxirgi yillarda qiziqish keskin o‘sib borayotganini qayd etdi. Italiya kompaniyalari O‘zbekistonni ishonchli va iqtisodiy jihatdan istiqbolli sherik sifatida ko‘rmoqda.

Uning fikriga ko‘ra, ushbu tadbir ikki mamlakat o‘rtasida paxta to‘qimachiligi va kiyim-kechak sohalaridagi hamkorlikning yana-da rivojlanishiga va kuchayishiga muhim zamin yaratadi hamda yangi imkoniyatlar ochib beradi. Savdo palatasi ushbu saʼy-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.   

Jumladan, joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonga to‘qimachilik sohasi kompaniyalaridan tashkil topgan Italiya biznes delegatsiyasi tashrifini tashkillashtirishini aytdi.   

Bundan tashqari, mamlakatimiz mahsulotlarini Italiya va Yevropa davlatlarida ilgari surish va eksport ko‘lamini oshirish maqsadida 2023 yil fevral oyida Milan shahrida o‘tkaziladigan to‘qimachilik va kiyim-kechak sohalariga ixtisoslashgan “Milano Unica” yirik xalqaro ko‘rgazmasida alohida O‘zbekiston milliy pavilyonini yaratish masalasi bo‘yicha ishlashga tayyorligini bildirdi.  

Biznes-forum doirasida mamlakatimizning qator paxta-to‘qimachilik klaster va kompaniyalar o‘zida ishlab chiqiraladigan va jahon talablariga javob beradigan tayyor mahsulotlar taqdimotlarini o‘tkazdi.

Italiya kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlariga qiziqish bildirilgan holda, mamlakatimiz korxonalari bilan to‘g‘rima-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga va hamkorlik qilishga tayyorligi taʼkidlandi.   

Mavzuga oid

Toshkentda O‘zbekiston-Vengriya savdo-iq...

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy ...

“InnoWeyek.uz-2020” haftaligi doirasida...

“InnoWeyek.uz-2020” haftaligi doirasida «Vodorod energetikasi va uning qayta tiklanuvchi e...

ITSV: Mahalliy to‘qimachilik va charm-po...

O‘zbekiston to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalari vakillari 1-11 dekabr kunlari Pols...

So`nggi yangiliklar