Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Fevral/2020   Siyosat

O‘zbekiston-Malayziya diplomatik aloqalariga 28 yil to‘ldi


TOShKENT, 21 fevral. /«Dunyo» AA/. 21 fevral — O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun. Federal konstitutsiyaviy monarxiya 1992 yil 1 yanvar kuni mamlakatimiz mustaqilligini tan olgan, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

So‘nggi yillarda ushbu mamlakat bilan ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik sezilarli darajada faollashdi.

Parlamentlararo aloqalar doirasida 2019 yil dekabr oyida mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda Malayziya parlamenti vakillari xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

O‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muhim mexanizmi bu ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi maslahatlashuvlardir. O‘tgan yilning sentyabr oyida Toshkentda Tashqi ishlar vazirliklariaro siyosiy maslahatlashuvlarning 4-raundi bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 18-20 oktyabr kunlari Malayziya Bosh vazirining maxsus vakili va tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari M.Yahyo O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligida muzokaralar o‘tkazildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida gap ketganda, mamlakatlarimiz o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi amal qilayotganini ta'kidlash joiz. 2019 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston va Malayziyaning tashqi savdo aylanmasi 106 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda Malayziya kapitali ishtirokidagi 16 ta korxona, shu jumladan 14 ta qo‘shma va 2 ta xususiy korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Madaniy va gumanitar aloqalar ham tobora rivojlanib borayotganini ta'kidlash kerak. Xususan, O‘zbekiston vazirlik va idoralari vakillari Malayziya hukumatining texnik hamkorlik dasturi doirasidagi turli kurs va seminarlarda ishtirok etishayotir.

2019 yil oktyabr oyida Toshkent moliya institutida «Binary» Menejment va tadbirkorlik universitetining O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma fakulteti ochildi.

Turizm sohasida ham o‘zaro hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Jumladan, 2018 yil fevral oyidan boshlab Malayziya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etilishi ushbu mamlakatdan kelayotgan sayyohlar sonini keskin o‘sishiga xizmat qilmoqda.

O‘tgan yilning fevral oyida Malayziya Perlis shtati muftiysi  Mohd Asri Bin Zaynul Obiddin O‘zbekistonning  ushbu mamlakatdagi ziyorat turizmining faxriy elchisi etib tayinlangan edi. Shuningdek, mashhur kinoaktyor Yusuf Daler ham O‘zbekiston sayyohlik brendining Malayziyadagi elchisi etib tayinlangan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: “Yoshlarga zamon...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Bektemir tumanidagi «Binokor» mas’uliyati cheklangan ja...

O‘zbekiston – BMT doirasidagi muhim xalq...

Mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining teng huquqli a’zo bo‘lganiga 28 yil to‘lm...

O‘zbekiston va Yaponiyaning Afg‘oniston ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgas...

So`nggi yangiliklar