Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Iyun/2020   Siyosat

O‘zbekiston – AQSH parlamentlari deputatlari o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi


TOSHKENT, 9-iyun. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va AQSh bilan parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha parlament guruhi a’zolari AQSh Kongressining «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» (do‘stlik guruhi) hamraislari va a’zolari bilan videomuloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Senat manbasiga asoslanib.

Unda «O‘zbekiston bo‘yicha kokus»ning raisi T.Kelli, guruhning a’zosi bo‘lgan yana oltita kongressmen, Kongress stafferlari, AQSh ma’muriyati vakillari ishtirok etdi.

Videomuloqotda O‘zbekiston – Amerika hamkorligining joriy holati va istiqbollari, parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Kongressmenlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yuksak hurmat va ehtirom bildirib, davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yuqori baholadi. Ularning fikricha, bugungi kunda dunyoda avj olgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq muammolarning O‘zbekistonda samarali bartaraf etilishi, avvalo, so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.

Muloqot chog‘ida Kongress a’zolari AQSh O‘zbekiston rahbariyatining ichki va tashqi siyosat, shuningdek, mustaqillik, suverenitetni mustahkamlash va demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan ishlarini qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlashdi.

Amerika tomoni O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berishini ta’kidladi. «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» (do‘stlik guruhi) O‘zbekiston – Amerika strategik sherikligini mustahkamlashning muhim qismlaridan biri ekanini qayd etdi.

Kongressmenlar O‘zbekistonning dasturlari va loyihalarini, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga erishish, davlat boshqaruvini yanada modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, jamiyatni demokratlashtirishga yo‘naltirilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar bundan keyin ham parlamentlararo muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
 

Mavzuga oid

Oʼzbekiston Prezidenti raisligida xorijd...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 avgust kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov 17 iyul kuni ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Afg‘...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Afg‘oniston Islo...

So`nggi yangiliklar