29/Noyabr/2022 Hamkorlik
SEUL, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Tashqulov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi amaliy safar bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Safar davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yana-da faollashtirish, xususan, mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qator ikki tomonlama muzokaralar tashkil etildi.
Jumladan, kecha mamlakatimiz vakillarining Koreya Respublikasi adliya vaziri Xan Dong Xun va Koreya immigratsiya xizmati komissari Leye Jaye Yu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida ishchilarni E-8 vizasi asosida ishga yollash, O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga kirib borishi tizimi, mehnat vizalari asosida turli sohalarga ishga jalb qilish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.