Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/May/2020   Siyosat

O‘zbekiston – Tailand diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 28 yil


 

TOSHKENT, 6-may. /“Dunyo” AA/. 6-may – O‘zbekiston Respublikasi bilan Tailand Qirolligi o‘rtasida diplomatiya munosabatlar o‘rnatilgan kun.

Tailand Qirolligi iqtisodiyoti bo‘yicha Janubi-Sharqiy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi va O‘zbekistonning ushbu mintaqadagi muhim xalqaro sheriklaridan biridir.

Turli darajadagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar barqaror surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Tailand hukumatlararo komissiyasi ushbu aloqalar rivojlanishiga muhim hissa qo‘shmoqda.

Mamlakatlar global miqyosda, xususan, BMT doirasida turizm, madaniyat, sport, sarmoya, odam savdosiga qarshi kurash, giyohvand moddalar savdosi va diniy ekstremizm kabi ko‘plab masalalarda hamkorlik qilmoqda.

So‘nggi yillarda turli darajalardagi o‘zaro tashriflar sezilarli darajada faollashdi. Xususan, O‘zbekistonning investitsiyalar va tashqi savdo, tashqi ishlar, innovatsiyalarni rivojlantirish masalalariga masʼul vazirliklari, prokuratura, ichki ishlar organlari, shuningdek, ishbilarmonlar Tailanddagi turli xalqaro tadbirlarda ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashishmoqda, biznes aloqalarini o‘rnatmoqda.

O‘z navbatida, Tailand ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi sheriklari bilan hamkorlikni kengaytirishga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda Tailand sarmoyasi ishtirokida 20 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda, to‘liq Tailand kapitali ishtirokida tashkil qilingan 6 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Agrosanoat, oziq-ovqat, kimyo, to‘qimachilik, sayyohlik, farmatsevtika, vinochilik, mashinasozlik kabi sohalar ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligining istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. So‘nggi ikki yilda Qirollikning bir qator delegatsiyalari ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Turizm ham bugungi kunda faol rivojlanayotgan ikki tomonlama munosabatlarda alohida o‘rin tutadi. Har yili 20 mingga yaqin o‘zbekistonlik sayyoh Tailanddagi kurortlarda dam olishadi. O‘tgan yili O‘zbekistonga kelgan tailandlik sayyohlar oqimi 2018-yilga nisbatan ikki baravar ko‘paydi. Hamkor mamlakat turistlarini dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro va Xivaning tarixiy hamda madaniy diqqatga sazovor joylari bilan bir qatorda, Termizdagi qadimiy budda haykalini ziyorat qilishga taklif qilinadi.

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi Tailanddagi buddaviy tashkilotlar bilan mamlakatimizga ziyoratchilar oqimini jalb qilish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Buning natijasida Toshkent bilan Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar soni haftasiga besh martaga ko‘paydi. Butunjahon Buddistlar Ittifoqi Prezidenti P.Palavadxammo boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilda ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyurdi. U Toshkent, Samarqand, Buxoro va Termizda bo‘ldi.

So‘nggi bir yilda Tailandda 60 dan ortiq tadbir bo‘lib o‘tdi, ularda Tailand sayyohlik birlashmalari va kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston sayyohlik agentliklarining Tailand xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtiroki tashkil etildi.

Shubhasiz, o‘tgan yillar davomida o‘zaro munosabatlarda tajriba to‘plandi, hamkorlikda maʼlum yutuqlarga erishildi. Bugungi kunda esa samarali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yana-da rivojlantirishga bo‘lgan intilish O‘zbekiston va Tailandning mavjud salohiyatdan samarali foydalanish istagini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

AQSh Birlashgan Millatlar Tashkilotiga J...

Nashrning xabar berishicha, qaror 2021 yil 6 iyulda kuchga kiradi

Ertaga Janubiy Koreya poytaxti Seul shah...

Joriy yil 30-31 may kunlari Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida onlayn shaklda «Yashil o...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida...

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmo...

So`nggi yangiliklar