Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2020   Dolzarb

O‘zbekiston – Xitoy: Sichuan provinsiyasi bilan mintaqaviy hamkorlik aloqalari har tomonlama rivojlantiriladi


TOSHKENT, 30 iyun. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi ko‘magida Xitoy Xalq Respublikasi Sichuan provinsiyasi Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi kanselyariyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

Muzokaralarda Sichuan provinsiyasining mamlakatimiz viloyatlari, shu jumladan, Toshkent shahri bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Unda o‘zaro sayyohlik almashuvlari masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, 2019 yil «Chendu-Toshkent-Chendu» yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovining yo‘lga qo‘yilgani nafaqat sayyohlik yo‘nalishidagi aloqalarni faollashtirish, balki O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirishdan manfaatdor bo‘lgan xitoylik tadbirkorlar uchun ham yanada keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida o‘tgan yilning dekabr oyida «Chendu-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi charter qatnovida Sichuan provinsiyasi OAV vakillari va turoperatorlarining yurtimizga safari tashkil etilgani uchun Xitoy tomoni minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida ta’lim sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi. O‘zbekistonda Sichuan universitetining filialini ochish masalasini birgalikda o‘rganishdan har ikki tomon birdek manfaatdor ekani alohida ta’kidlandi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Sichuan provinsiyasi shaharlarining sayyohlik salohiyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, yaqin kelajakda Sichuan universiteti delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini uyushtirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Qirg‘izistonda sobiq prezidentga hukm e’...

Bishkek shahrining Pervomay tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaye...

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Preziden...

Xitoy ekspert doiralari vakillari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi...

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Res...

Muhim xalqaro tadbirni tashkil etish va o‘tkazish jaryonlarini o‘z vaqtida yoritish va tar...

So`nggi yangiliklar