Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Iyul/2020   Siyosat

O‘zbekiston — Turkiya: parlamentlararo hamkorlik yanada kengayadi


TOSHKENT, 6 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston – Turkiya parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Akmal Saidov bilan Turkiya Buyuk millat majlisi a’zosi, Turkiya – O‘zbekiston do‘stlik guruhi raisi Osman Mesten o‘rtasida birinchi onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Qonunchilik palatasi saytida keltirilishicha, tadbirda O‘zbekiston va Turkiyaning tegishli davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ham ishtirok etgan.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, davlat rahbarlari raislik qiladigan strategik sheriklik bo‘yicha Oliy kengash, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi qo‘shma Strategik rejalashtirish guruhi, shuningdek, parlamentlararo hamkorlik guruhlarini tashkil etish orqali o‘zaro munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Onlayn uchrashuvda dunyoda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan xavotirlar bildirib o‘tildi. Tomonlar O‘zbekiston va Turkiyada ushbu global tahdidga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar almashishdi. Istanbul va Anqarada tashkil etilgan maxsus shtab Turkiyada vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha Turkiya hukumati vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Koronavirusga qarshi kurashda pandemiya salbiy ta’sirining oldini olishda parlament a’zolarining o‘rni alohida qayd etildi.

Davlatlarimizning ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan natijalari, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birlarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlayotgani, manfaatli savdo-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy va gumanitar aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlashda erishilgan natijalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli, keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha parlamentlararo hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishda parlamentlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirish muhimligi ta’kidlandi. Boisi, aynan parlamentlararo aloqalar ikki tomonlama hamkorlikni barcha sohalarda yanada kengaytirish uchun xalqaro shartnomalarni tezkor ratifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Onlayn muzokaralar yakunida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va parlamentlararo amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi korona...

Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim koronavirusga qarshi kurashish munosabat...

«Buscardini Communications» axborot agen...

Belgiyaning «Buscardini Communications» axborot agentligi saytida “O‘zbekiston Respublikas...

O‘zbekiston Prezidenti Sergey Lavrovni q...

Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizd...

So`nggi yangiliklar