Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Siyosat

O‘zbekiston — Turkiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda rivojlanadi


ANQARA, 5-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Oliy Majlisning «Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi» raisi Akmal Saidov va Turkiya Buyuk Millat Majlisi aʼzosi, «Turkiya-O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik guruhi» raisi Osman Mesten o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Do‘stlik guruhlari rahbarlarining bu galgi muloqoti O‘zbekiston-Turkiya diplomatik munosabatlarining o‘rnatilganiga aynan 29 yil to‘lgan kunda o‘tkazilganida ham ramziy maʼno bor. So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik shaklida sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Oliy va yuqori darajadagi xususan, parlamentlar, vazirliklar va idoralar, ishbilarmon va ilmiy-akademik doiralar, shuningdek, viloyatlar o‘rtasidagi aloqalar tobora muntazamlik kasb etib bormoqda.

Taʼkidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-26-oktyabr kunlari Turkiyaga, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning 2018-yil 29 aprel-1-may kunlari mamlakatimizga amalga oshirgan tashriflari ikki tomonlama munosabatlarning rivojiga keng yo‘l ochib berdi.

O.Mesten O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining 46-sessiyasidagi nutqlarida qator tashabbuslarni ilgari surgani va u Turkiya  jamoatchiligi tomonidan  eʼtirof etilayotganini taʼkidladi.

Ushbu tashabbuslar xalqaro hamjamiyatning pandemiyaga qarshi kurashish, xalqaro siyosat va xavfsizlik masalalari, Barqaror rivojlanish va atrof-muhit maqsadlari bo‘yicha saʼy-harakatlarini birlashtirishda yaqin va samarali sheriklikning ustuvor masalalarini qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.

Onlayn-tadbir davomida dunyoda koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan xavotirlar bildirildi. Tomonlar O‘zbekiston va Turkiyada ushbu global tahdidga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida o‘zaro maʼlumot almashdi.

Bunday do‘stona muloqotlar O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining yangi bosqichida muhim o‘rin tutishi, ayniqsa, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunlariga bo‘yicha joriy yil dekabr oyida Turkiyaning O‘zbekiston mustaqilligini tan olganining 30 yilligi munosabati bilan ikki mamlakat parlamentlararo do‘stlik guruhlari rahbarlari va aʼzolari ishtirokida  xalqaro anjuman o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga amaliy t...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya ...

O‘zbekiston va Shveysariya Tashqi siyosa...

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya sohalaridagi hamkorligning ustuvor xususiyatga ...

O‘zbekiston Prezidenti raisligida ichiml...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun hududlarda ichimli...

So`nggi yangiliklar