Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Dekabr/2020   Iqtisodiyot

O‘zbekiston 1,7 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan


TOSHKENT, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/. Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, joriy yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 1,7 mlrd. dollarga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston 1 dekabr holatiga, 69 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini sotgan.  Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 225,8 mln. dollarga oshgan.

O‘tgan 11 oy mobaynida O‘zbekiston quyidagi davlatlarga to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p jo‘natgan:

Rossiya – 596,8 mln.

Xitoy – 370,4 mln.

Qirg‘iziston – 248,8 mln.

Turkiya – 189,6 mln.

Polsha – 40,1 mln.

Qozog‘iston – 38,4 mln. dollar.

Mamlakatimizning quyidagi hududlari eng ko‘p mahsulot eksport qilgan:

 Toshkent shahri – 270,9 mln.

 Andijon viloyati – 236,8 mln.

Farg‘ona viloyati – 227,8 mln.

 Toshkent viloyati – 219,1 mln. dollar.

Mavzuga oid

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga CO...

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 1,36...

“Ayritom” chegara bojxona postida tashqi...

“Ayritom” chegara bojxona postida tashqi savdo faoliyati uzluksiz taʼminlanmoqda.

Misrning «Al-Xabar al-youm» gazetasi O‘z...

Misrning «Al-Xabar al-youm» (Kun xabari) gazetasi o‘z sahifalarida O‘zbekistonning ijtimoi...

So`nggi yangiliklar