Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Avgust/2022   Fakt

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sunʼiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi

TOSHKENT, 26 avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston  Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida  Sunʼiy intellekt bo‘yicha milliy strategiyani rivojlantirish maslahat kengashi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Innovatsion rivojlanish vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, Maslahat kengashi Sunʼiy intellekt bo‘yicha milliy strategiyani rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish jarayonida jamoatchilik fikrini o‘rganadi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Kengashning faxriy raisi hisoblanadi.  Yangi maslahat organiga vazir maslahatchisi Bobur Rahimov boshchilik qiladi.

Kengash doirasida sunʼiy intellektdan foydalangan holda amaliy tajribalar o‘tkazish va ularni imkon qadar qisqa vaqt ichida mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etish uchun tadqiqotchilarni kompaniyalar bilan birlashtiradigan ishchi guruhlar tuziladi.

Kengash ishida xususiy sektor, ilmiy va ekspert doiralari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari, taniqli jamoat arboblari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid

Turkiyadagi zilzila: O‘zbekiston diploma...

Bugun ertalab Turkiya janubida sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida mamlakatnin...

O‘zbekistonlik zardo‘z usta Parijdagi A...

Joriy yilning 27-28 may kunlari Parijdagi Arab dunyosi institutida o‘tkazilayotgan «Samarq...

Xitoy Everest cho‘qqisiga dunyodagi eng ...

Kecha Xitoy tadqiqotchilari Jomorlungma tog‘i (Everest) cho‘qqisiga, Xitoy-Nepal chegarasi...

So`nggi yangiliklar