Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/May/2023   Sanalar

O‘zbekiston TIV rahbari Ozarbayjon umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning Toshkent shahridagi yodgorligiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi

TOSHKENT, 10-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston  tashqi  ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  bugun  Ozarbayjon  umummilliy  yetakchisi Haydar  Aliyev  tavalludining 100 yilligiga  bag‘ishlangan tantanali  tadbirda  ishtirok etdi, deb  xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«Bugun  Haydar  Aliyev tavalludining 100 yilligini nishonlash tadbirida qatnashdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining  telegram kanalida. - 2022 yilda Toshkentda Ozarbayjon umummilliy yetakchisi sharafiga nomlangan ko‘cha va yodgorlik ochilgan. Biz O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligining hozirgi holatidan  mamnunmiz va uni barcha yo‘nalishlarda yana-da boyitish uchun bor imkoniyatimizni safarbar qilamiz».

Eslatib o‘tamiz, bugun ozarbayjon xalqi va uning xorijdagi do‘stlari muhim sana – buyuk davlat arbobi, dono siyosatchi va atoqli shaxs, O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligini nishonlamoqda.

Mavzuga oid

Qirg‘iziston elchisi Musa Jamanboyev: O‘...

O‘zbekiston va Qirg‘iziston dilomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlam...

Indoneziyada Navro‘z bayrami munosabati ...

Mamlakatimizning Indoneziyadagi elchixonasi tomonidan vatandoshlarimiz va mahalliy ishbila...

Xalq ichidan chiqqan qahramon

Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon qurgan buyuk davlat va uning vorislari bo‘lgan temuriylar s...

So`nggi yangiliklar