Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Noyabr/2020   Jamiyat

O‘zbekiston adliya vaziri Facebook orqali fuqarolar bilan o‘tkazgan jonli muloqotda mingdan ortiq savolga javob berdi


TOSHKENT, 26 noyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov kecha Facebookdagi «Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom» guruhi a’zolari bilan onlayn-muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Zamira Azizxonova.

Adliya vazirligi mas’ullari, xususan, shaxsan vazir tomonidan fuqarolar qabullari, sayyor qabullar muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi. Biroq foydalanuvchilari soni jihatidan O‘zbekistonda yetakchi o‘rinlardan birida turuvchi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 240 mingdan ortiq a’zoga ega eng yirik guruhida o‘tkazilgan ushbu muloqotni qamrov va mavzu xilma-xilligi, mas’uliyat jihatidan e’tiborga molik voqea deb baholash mumkin.

Aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha shakli sifatida ilk bora tashkil etilgan ushbu muloqotga fuqarolardan qariyb 1,5 mingta savol kelib tushdi. Xususan, @adliyaga_savolbоt maxsus telegram bоti orqali 500 ga yaqin, «Onlayn muloqot» payti Youtube tarmog‘ida 300, «Xalq bilan muloqot» guruhidan esa 700 dan ortiq xabar, murojaat va savol yozib qoldirildi.

Onlayn-muloqot davomida fuqarolar nafaqat adliya tizimi va norma ijodkorligiga doir savollar bilan murojaat qildi, balki davlat organlari faoliyatiga o‘zlarining munosabati, baho va e’tirozlarini ham bayon etdi.

Xususan, gaz va elektr muammolari, klasterlar, fermer xo‘jaliklari va hokimliklar o‘rtasidagi munosabatlar, mehnat huquqi, notariat va advokatura, yuridik ta’lim, meros, mulk, aliment masalalari kabi bugungi kunda aholini o‘ylantirayotgan savollarga huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi.

Ikki soatdan ortiq davom etgan muloqot jarayonida kelib tushgan savollarning barchasiga imkon qadar javob berishga harakat qilindi.

Loyiha aholining savollari, ularni tashvishga solayotgan masalalarni o‘rganishda, umuman xalq dardini tinglashda noan’anaviy yo‘llarni o‘ylab topish, xalq bilan muloqotni yangicha formatlarda yo‘lga qo‘yish zaruriyati mavjudligini ko‘rsatdi.

— Adliya vazirligi uchun ushbu muloqot davomida kelib tushgan murojaatlar aholi muammolarini aniqlash va xalqning real ahvolini his qilish bilan ahamiyatli, - dedi vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Sevara O‘rinboyeva. — Ushbu ma’lumotlar tizimlashtirilgan holda tahlil qilinib, natijalar va xulosalar kelgusida norma ijodkorligi sohasida e’tiborga olinadi. Jumladan, muloqot yakunlangach, vazirlik mutaxassislariga muloqot davomida kelib tushgan ayrim takliflar yuzasidan qonunchilikka o‘zgarishlar kiritish masalasini o‘rganish topshirig‘i berildi. Mazkur loyihani muntazam davom ettirish rejalashtirgan.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari YXHTnin...

Unda YXHT Bosh kotibi Tomas Greminger, BMTning Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti...

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster ...

London shahrida Vestminster universiteti prezidenti Piter Bonfild va Toshkent shahridagi X...

Tokioda O‘zbekiston va Maidzuru shahri a...

Kunchiqar mamlakatdagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Yaponiyaning Maidzuru shahri meri...

So`nggi yangiliklar