Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Sayyohlik

O‘zbekiston «Arabian Travel Market-2021» sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda


DUBAY, 17-may. /“Dunyo” AA/. Kecha Dubayda so‘nggi 18 oy ichida xalqaro turizm sohasida dunyodagi birinchi ommaviy tadbir — «Arabian Travel Market-2021» (ATM-2021) xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ish boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Sayohat va turizmning yangi davri» shiori ostida o‘tayotgan ushbu xalqaro tadbirda dunyoning 62 mamlakati, jumladan, O‘zbekiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Italiya, Germaniya, Kipr, Misr, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston, Indoneziya, Malayziya, Janubiy Koreya, Maldiv orollari, Filippin, Tailand, Meksika va boshqa mamlakatlar kompaniyalari qatnashmoqda.

Taʼkidlash kerakki, mazkur ko‘rgazmada Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat O‘zbekiston o‘zining alohida stendi bilan ishtirok etmoqda.

Turizm va sport vazirligi, «Anur tur», «Dolores tur» kompaniyalari, “Xayyat” mehmonxonasi va boshqa sayyohlik tashkilotlari vakillari tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston stendi bo‘lajak sayyohlar va ko‘rgazma tashkilotchilarining eʼtiborini tortmoqda.

Ko‘rgazma doirasida BAA va Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, milliy sayyohlik brendini targ‘ib qilish masalalari yuqorida qayd etilgan sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Ko‘rgazma 19 mayga qadar davom etadi.

Mavzuga oid

Oʻzbekistonga 2019-yilda eng koʻp sayyoh...

Maʼlumotlarga koʻra, 2019-yilda Oʻzbekistonga 6 million 748 ming 500 sayyoh kelgan. Eng ko...

Turizmni rivojlantirish instituti UNWTO ...

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivo...

O‘zbekiston, Germaniya va Avstriya sayyo...

Videokonferensiyada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda faol targ‘ib q...

So`nggi yangiliklar