Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Sentabr/2020   Sport

O‘zbekiston «ArMi – 2020» xalqaro armiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi


TOShKENT, 7 sentyabr. /«Dunyo» AA/. Joriy yilning 23 avgust – 5 sentyabr kunlari o‘tkazilgan «ArMI – 2020» xalqaro armiya o‘yinlarida 30 dan ortiq davlatning 160 dan ziyod jamoasi qatorida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16 yo‘nalishda musobaqalarida ishtirok etdi. Hamyurtlarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti manbasiga asoslanib.


«ArMI – 2020» xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasiga mezbonlik qilgan Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida o‘tgan bahslar vakillarimiz uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Yurtdoshlarimiz shartlarni bajarish jarayonida o‘tgan yilgi rekordlarni bir necha bor yangiladi. Xususan, erkaklar jamoasi 6 daqiqa 28,8 soniya ko‘rsatgich bilan rekord vaqtini 1 daqiqa 8 soniyaga yangiladi.

Sharqiy harbiy okrugi poligoni birinchi bor mezbonlik qilgan “Yo‘l patruli” musobaqasida ham yurtdoshlarimizga teng keladigani topilmadi.

Natijada jamoamiz Rossiya va Belarusdan kelgan hamkasblarini ortda qoldirib, 1-o‘rinni egallab, shohsupaga ko‘tarildi.

Xalqaro armiya o‘yinlarining “Sodiq do‘st” musobaqasida O‘zbekiston harbiy kinologlari 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

“Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” musobaqasi Novosibirsk shahri yaqinidagi “Kolsovo” poligonida bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada Rossiyadan keyin O‘zbekiston jamoasi ikkinchi pog‘onada qayd etildi. Kuchli uchlikni Belarus jamoasi yakunlab berdi.

“Elburs halqasi” xalqaro musobaqasida ishtirokchi davlatlar harbiy xizmatchilari bir necha shartlarni o‘ta murakkab tog‘ sharoitida va kuchli bosim ostida bajardi. Kabardin-Bolqordagi Elburs cho‘qqisiga uyushtirilgan marsh harbiy alpinistlarni jiddiy sinovdan o‘tkazdi.

Ushbu musobaqalarda ham hamyurtlarimizga ikkinchi o‘rin nasib etdi.

“Artilleriya olovi ustasi” musobaqasi Rossiyaning Saratov viloyatida o‘tkazildi. Ushbu tanlov uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi “Individual poyga” bosqichida minomyot hisoblari umumiy uzunligi 4 kilometrlik (2 kilometrdan 2 aylana) to‘siqlardan o‘tib, belgilangan nishonlarni yo‘q qilishi lozim edi. Ikkinchi bosqich “Tungi sprint” harakatlar xuddi birinchi bosqichdagi kabi amalga oshirildi. Farqi, harakatlar qorong‘ida bo‘lib o‘tdi.

“Estafeta” – uchinchi bosqichda ikkala minomyot hisoblari ishtirok etdi. Bunda birinchi minomyot hisobi finishga 50 metr qolganda ikkinchi minomyot hisobiga tartib raqamini uzatdi. Tartib raqamlari qo‘lga uzatilmay turib, ikkinchi minomyot hisobi start chizig‘ini kesmay turdi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra, yurtimiz vakillari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

VI Xalqaro armiya o‘yinlarining o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ishtirok etgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar quyidagicha:
 

“Sodiq do‘st” — 1-o‘rin;

“Yo‘l patruli” — 1-o‘rin;

“Harbiy tibbiy estafeta” — 1-o‘rin;

“Qo‘shin razvedka a’lochisi” — 2-o‘rin;

“Harbiy ralli” — 2-o‘rin;

“Otliq marafon” — 2-o‘rin;

“Elbrus halqasi” — 2-o‘rin;

“Xavfsiz marshrut” — 2-o‘rin;

“Artilleriya olovi ustasi” — 2-o‘rin;

“Qurolsoz usta” — 2-o‘rin;

“Merganlik marrasi” — 2-o‘rin;

“Dala oshxonasi” — 3-o‘rin;

“Xavfsiz muhit” — 3-o‘rin;

“Avtozirxli tanktexnika ustasi” — 3-o‘rin.

Mavzuga oid

Yuridik shaxslarga Jismoniy tarbiya-sog‘...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 martdagi qarori bilan "Jismoni...

Turkiyada etnik sport turlarini yanada r...

Antaliya shahrida Jahon etnosport forumi bo‘lib o‘tdi.

Rotterdamda vatandoshlar ishtirokida min...

Rotterdamda (Niderlandiya) O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi ko‘magi ...

So`nggi yangiliklar