Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   Sport

O‘zbekiston baydarka va kanoechilari Tailandda Olimpiada yo‘llanmalari uchun bahslarga kirishdi


TOSHKENT, 5-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Tailandning Pattayya shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarning litsenzion musobaqasi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Unda  qitʼamizning mahoratli baydarka va kanoechilari Tokio-2020  Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun bahs olib boradi.

Musobaqada ayni paytda o‘z yo‘nalishida eng kuchli bo‘lib turgan 10 nafar O‘zbekiston atletlari ham bahslarga kirishgan. Ushbu yo‘nalishlarda faqat marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan sportchilargina Olimpiada yo‘llanmalariga ega chiqadi.

Musobaqalarda  Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llamasi uchun baydarkada Shahriyor Mahkamov, Shohruh Aʼzamov, Javohir Nurmatov, Yekaterina Shubina, Denis Onufriyev, Arina Tanatmisheva kurashadi. Kanoeda esa Bekzod Umaraliyev, Vladlen Denisov, Gerasim Kochnev va Gulbahor Fayziyeva kuch va mahorat sinashmoqda.

Mavzuga oid

Turkiy Kengash bosh kotibi Turkiya Super...

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov kecha Turkiy t...

O‘zbekistoning JCh-2022 saralashi doiras...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan, CO...

Bobousmon Baturov bokschilarimiz orasida...

Iordaniya poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo...

So`nggi yangiliklar