Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Jamiyat

O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi transchegaraviy suvlardan foydalanish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi


TOSHKENT, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jahon banki vakillarining videokonferensiya shaklidagi muloqoti bo‘lib o‘tdi.Unda transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Jahon bankining Markaziy Osiyo uchun suv va energetika dasturi (CAWEP) menejeri Uilyam Yang va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.

Anjuman qatnashchilari suv va iqlim sohasida mintaqaviy hamkorlikning huquqiy va institutsional mexanizmlarini kuchaytirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv taʼminoti, odamlarning ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga oid investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, huquqiy va institutsional mexanizmlarni mustahkamlash kabi sohalarda O‘zbekiston va bankning o‘zaro munosabatlari istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.

Jahon banki ekspertlari suv-energetika sohasida davlatlararo hamkorlik yaxshilanayotgani, xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchiligidagi pragmatik tashqi siyosat yo‘nalishi bilan bog‘liqligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra maslahatlashuvlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati Oro...

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati “Mening Orol dengizidagi bog‘im” loyihasini qo‘llab-q...

O‘zbekistonda sudlar faoliyatini yanada ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va od...

Bortida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan y...

Bortida 235 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot bugun ertalab Istanbuldan Toshkentga yetib keldi...

So`nggi yangiliklar