Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Iyun/2022   Parlament

O‘zbekiston BIMT bilan intellektual mulk sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishdi

TOSHKENT, 13-iyun. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narboyeva Jenevaga tashrifi doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bosh direktori Daren Tang bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda intellektual mulkni himoya qilish hamda O‘zbekistonning BIMT Global innovatsion indeksidagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Daren Tang O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasini puxta o‘rganib chiqqanini va mazkur Strategiya davlat eʼtiborining yorqin isboti ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuvda BIMT O‘zbekistonga milliy qonunchilikni yana-da takomillashtirish, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, fan yutuqlarini har bir sohaga joriy etish borasida har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligi bildirildi.

Tomonlar milliy brendlarni yaratish talabi va geografik nomlarni himoya qilish zarurligiga eʼtibor qaratdi.

Muloqot natijasida BIMT tomonidan O‘zbekistonning intellektual mulk sohasidagi qator tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Senat raisi BMTning yangi doimiy muvofi...

Kecha Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlas...

O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari qu...

Moskvada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ...

Senat raisi: O‘zbekiston BMTning Xotin-...

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Y...

So`nggi yangiliklar