Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Aprel/2021   Ekologiya

O‘zbekiston BMTda Bosh Assambleyaning Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshladi


NYU-YORK, 10-aprel. /"Dunyo" AA/. Kecha BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston doimiy vakolatxonasi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh assambleyaning 75-sessiyasida ilgari surgan Orolbo‘yi mintaqasini "ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini kelishish bo‘yicha maslahatlashuvlar boshlandi, deb xabar qimoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda BMTga a’zo davlatlarning turli mintaqaviy guruhlari, shu jumladan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yevropa, Lotin Amerikasi va Shimoliy Amerika mamlakatlari missiyalari ekspertlari ishtirok etdi.

Maslahatlashuvlar doirasida O‘zbekiston vakillari tomonidan ushbu tashabbusning mazmun-mohiyati, maqsadlari va dolzarbligi batafsil bayon qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarni Markaziy Osiyo mamlakatlarining Orol dengizining qurishi ortidan yuzaga kelgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiruvchi ushbu hujjatning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Rezolyutsiya ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish, «yashil» iqtisodiyot, energiya va suvni tejash texnologiyalarini keng ko‘lamda joriy qilish, cho‘llanish jarayoni va ekologik migratsiyaning oldini olish uchun umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirishga qaratilganligi ta’kidlandi.

Muzokaralar doirasida ishtirokchilar hujjat mazmun-mohiyati bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi. Delegatsiyalarning aksariyati O‘zbekiston tashabbusini yuqori baholadi. Ushbu hujjat BMT doirasida o‘z vaqtida taqdim etilganligi, uning Markaziy Osiyo mamlakatlari va butun dunyo uchun juda muhimligi ta’kidlandi. Muzokaralar chog‘ida so‘zga chiqqan mutaxassislar Orol dengizi havzasidagi og‘ir ahvolning salbiy gumanitar, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari mintaqadan tashqarida ham ta’sir ko‘rsatayotgani va global muammoga aylangani haqida so‘z yuritib, mintaqa davlatlarining ushbu inqirozning salbiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Mavzuga oid

BMT Bosh kotibi tabiat bilan munosabatni...

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha BMT Atrof-muhit dasturining (YUNEP) yangi hisoboti...

Orolbo‘yida bio xilma-xillik ilmiy tadqi...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan “Orol dengizi – bio xilma-xillikni tikl...

YEXHTning gender tenglik masalalariga ba...

Joriy yil 15-16 fevral kunlari «Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish or...

So`nggi yangiliklar