Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Dekabr/2021   Parlament

O‘zbekiston BMTning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar va Xotin-qizlarni kamsitilishiga barham berish bo‘yicha qo‘mitalari oldida taqdimot o‘tkazadi

TOSHKЕNT, 21-dekabr. /«Dunyo» AA/. Bu haqda kecha Toshkent shahrida o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomaviy organlari hisobdorligi tizimi, bunda fuqarolik jamiyatining tutgan muhim roli yuzasidan jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda aytildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Parlament quyi palatasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu anjumanni o‘tkazishdan maqsad — hisobot berish tartib-qoidalari, uning inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarishdagi o‘rni to‘g‘risida milliy manfaatdor tomonlarning xabardorligini oshirish hamda bu jarayonlarda fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirishdan iborat.

Ochiq muloqot shaklidagi muhokama ishtirokchilari davlatlarning BMT shartnomaviy organlari oldidagi hisobdorlik tartiblarini hamda O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi tegishli tajribasini ko‘rib chiqdi. Yaqin orada mamlakatimiz BMTning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha Qo‘mitasi (CESCR) hamda BMTning Xotin-qizlarni kamsitilishiga barham berish bo‘yicha Qo‘mitasi (CEDAW) oldida hisobot berishi kutilmoqda. Muhokamada asosiy urg‘u mazkur hisobotlarga qaratildi.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidov BMTning shartnomaviy organlariga milliy hisobotlarni taqdim etishda mamlakatimiz tajribasi haqida ma’lumot berdi.   

BMTning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha Qo‘mitasi vitse-prezidenti Aslan Abashizde o‘z navbatida, davlat va muqobil ma’ruzalar, davlat hisobotlarini taqdim etish tajribalari, jumladan yakuniy xulosalarni qabul qilish jarayonlari haqida gapirdi.

Muhokama yakunida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat organlari vakillari, mustaqil va xalqaro ekspertlar BMTning shartnomaviy organlari oldida davlatning hisobot berishi jarayonlarida fuqarolik jamiyati ishtirokini kengaytirishning galdagi qadamlari belgilab olindi.

Mavzuga oid

Qonunchilik palatasida O‘zbekiston — Buy...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi Eli...

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘...

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev rahbarligida O‘zbekiston P...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Se...

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi o‘tkazildi. Majlis...

So`nggi yangiliklar