Uz / Ўз Ru En

Toshkent

31/May/2021   Sport

O‘zbekiston bokschi qizlari qitʼa chempionatini 8 ta medal bilan yakunladi


TOSHKENT, 31-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ayollar o‘rtasidagi final bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu dasturda 6 nafar vakilimiz qitʼa chempionligi uchun ringga chiqdi.

Finalchilar orasida Sitora Turdibekova (-57 kg) o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Yana 5 nafar bokschi qiz esa kumush medal bilan kifoyalandi.

Shu tariqa, bokschi qizlar Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunladi.

Mavzuga oid

Kurash milliy sport turini 2028 yilgi Ol...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uni...

Tokioda 7 nafar yengil atletikachi O‘zbe...

Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasi Tokio-2020 saralash turkumi yakunlangach, ushbu...

Shohjahon Ergashev belaruslik raqibini t...

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnogorsk shahrida belaruslik Dmi...

So`nggi yangiliklar