Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Fevral/2021   Sport

O‘zbekiston bokschilari xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Ukrainaga jo‘nab ketdi


TOSHKENT, 19-fevral. /“Dunyo” AA/. 22-27 fevral kunlari Ukrainaning Krivoy Rog shahrida boks bo‘yicha sport ustasi A.Asaulenko xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir tashkil etiladi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi. Bugun tongda terma jamoamiz aʼzolari xalqaro turnirda qatnashish uchun jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga tayanib.

Delegatsiya tarkibiga sportchilar Sodirbek Kamolmirzayev (52 kg), Abdumalik Xalakov (57 kg), Xurshid Rasuljonov (57 kg), Shunqor Abdurasulov (63 kg), Jahongir Rahmonov (69 kg), Javlonbek Yo‘ldoshev (69 kg), Saidjamshid Jaffarov (75) kg), Temurxon Soburov (81 kg), Shoxjahon Abdullayev (91 kg), Jamshid Xudoyberganov (91 kg), shuningdek, terma jamoa murabbiylari Ilyos Rahimjonov, Davron G‘ofurov, Qo‘ldoshboy Tojiboyev kiritildi. Jamoa shifokori - Komiljon Rasulov.

Yurtdoshimiz Ahmed Fozilov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Mavzuga oid

UEFA delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi...

Joriy yil 9-13 mart kunlari “UEFA Assist” tashkilotining xalqaro aloqalar boshqarmasi rahb...

Bokschilarimiz Shahram G‘iyosov va Isroi...

Mamlakatimiz bokschilari ishtirokidagi bahslar 16 avgust kuni soat 05:00 dan boshlab “Spor...

Rotterdamda vatandoshlar ishtirokida min...

Rotterdamda (Niderlandiya) O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi ko‘magi ...

So`nggi yangiliklar