Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Dolzarb

O‘zbekiston Bolalar ombudsmani MDH davlatlari Bola huquqlari bo‘yicha vakillarining onlayn-muloqotida ishtirok etdi


TOSHKЕNT, 16 sentabr. /«Dunyo» AA/. Kecha MDH davlatlari Bola huquqlari bo‘yicha vakillarining onlayn-muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Belarus va Armaniston Bolalar ombudsmanlari hamda MDHga a’zo davlatlarning vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev ochib berdi. Anjumanning tadbirning o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad bola huquqlarini ta’minlashda MDHga a’zo davlatlarning Bolalar ombudsmanlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda konstruktiv aloqa uchun muloqot platformasini yaratish bo‘ldi.
O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova MDHga a’zo davlatlar vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi formati muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratdi. «Bugun biz nafaqat davlatlarimiz hududida amalga oshirilayotgan dasturlarni qo‘llab-quvvatlashga qadam qo‘ymoqdamiz, balki MDHga a’zo davlatlarda bola huquqlarining kafolatlanishida ombudsman institutlari va boshqa inson huquqlari mexanizmlarini birlashtirmoqdamiz. Yillar davomida to‘plangan ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq etish yaxshi natija berishi shubhasizdir», - dedi Bolalar ombudsmani.
Aliya Yunusova voyaga yetmaganlarni qurolli mojarolar bo‘layotgan hududlardan qaytarish, ularni reintegratsiya qilish, reabilitatsiya qilish va jamiyatga integratsiyalashuvi dasturlari doirasida o‘zaro ta’sir o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda ko‘plab davlatlar bu muhim vazifani amalga oshirish bilan shug‘ullanmoqda va MDHga a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi formati kuchlarni birlashtirishga va bu ish samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Shuningdek, bolalar ombudsmanlari ishtirokchilar qaroriga binoan keyingi yig‘ilishlarda ishtirok etish uchun bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi mutaxassislarni jalb qilish hamda bolalarning huquqini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida ekspertlar hamkorligi, tajriba almashish, birgalikda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasini tuzish takliflarini bildirishdi. Bu muhokama uchun tanlangan mavzularni kengroq ochib berishga ko‘maklashadi. Tadbirda ishtirok etgan mamlakatlar vakillari ushbu takliflarni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi. Ular o‘z davlatlari hududida bolalar huquqlarini himoya qilish tajribalari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Mavzuga oid

Singapurdan munosabat: O‘zbekiston Prezi...

Singapur ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (SMF) raisi, Singapur biznes federatsiyasi (...

Britaniyadan munosabat: O‘zbekiston “yas...

Buyuk Britaniyaning “PRNewswire” axborot agentligi «O‘zbekiston “P4G” hamkorligiga qo‘shil...

Afg‘onistondan munosabat:Toshkentda bo‘l...

Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro moliya institutl...

So`nggi yangiliklar