Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Dekabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi AQSHda bo‘lib turgan vatandoshlarning moliyaviy madaniyatini oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan memorandum imzoladi

NYU-YORK, 3 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi va «Urban Upbound» kompaniyasi o‘rtasida vatandoshlar uchun bepul trening-kurslar o‘tkazish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi hamda mazkur hujjatning taqdimoti tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«Urban Upbound» kompaniyasi 17 yillik tajribaga ega notijorat (yarimhuqumat) tashkiloti bo‘lib, bosh idorasi Nyu-York shahrida joylashgan.  Kompaniya moliyaviy taʼlim va turli maslahatlar berish uchun mo‘ljallangan markaz hisoblanadi. Tashkilot AQSH huqumati tomonidan maxsus grantlar asosida moliyalashtiriladi.

Taqdimot marosimida AQSHdagi o‘zbek diasporal tashkilotlari faollari, «Urban Upbound» kompaniyasi xodimlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi hamda Anglashuv memorandumining mazmun-mohiyati vatandoshlar eʼtiboriga taqdim etildi.

Trening-kurslar asosan mehnat muhojirlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga, ishga joylashish yoki ish joylarini ko‘proq maosh to‘lanadigan joylarga o‘tkazishga, AQSH bank tizimidan foydalanish tartiblari, soliq to‘lash jarayonidagi imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, uylarni arzon bahoda ijaraga olish masalalari va vatandoshlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda boshqa masalalarni qamrab oladi.

«Urban Upbound» kompaniyasinig soliqlar va pul kirimlari bo‘limi direktori Ahmad al-Maradniy kompaniya 2020 yilda 15 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatgani hamda ushbu Anglashuv memorandumi doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSHda soliq to‘lash va to‘langan soliqlarning bir qismini soliq to‘lovchi oilaga qaytarish masalalarini o‘z ichiga olgan trening kurslarini 2022 yil yanvar oyida tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi.

«Urban Upbound» kompaniyasi moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish markazi maslahatchisi Mukarramxon Egamberdiyeva ishtirokchilarga Anglashuv memorandumi asosida O‘zbekistondan AQSHga kelgan mehnat muhojirlari hamda ularning oila aʼzolari uchun qisqa muddatli trening kurslari tashkil etish va kurs so‘ngida maxsus tavsiyanomalar berilishi imkoni mavjudligi haqida maʼlumot berdi. 

U, shuningdek, Memorandumda qayd etilgan trening kurslarining quyidagi ustuvorliklarini  sanab o‘tdi:

-o‘quv darslarini o‘zbek va ingliz tillarida tashkil etish;

-o‘quv darslarini tinglovchilariga qulay bo‘lgan vaqtlarda kichik guruhlarda o‘tkazish;

-treninglarni “Zoom” platformasida onlayn rejimda yoki bevosita sinf xonalarida tashkil etish;

-o‘quv kurslarini tamomlagan tinglovchilar bir muddat davomida maslahatchilar nazorati ostida bo‘lishi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi yoki ular duch kelgan muammolarga birgalikda yechim topish imkoniyatiga ega bo‘lishi.

Bosh konsulxona o‘z navbatida mazkur trening kurslariga diasporal jamiyatlar bilan hamkorlikda ko‘proq vatandoshlarni jalb qilish hamda o‘quv mashg‘ulotlari jarayonini doimiy monitoring qilishga yordam beradi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatl...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlar...

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi...

Kecha O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga ...

O‘zbekiston Elchixonasi: Qoraqalpog‘isto...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi Qoraqalpog‘iston va Xitoy hududlari o‘rtasida 2021-2...

So`nggi yangiliklar