Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   COVID-19

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi yurtdoshlarimizga koronavirus pandemiyasi davrida Turkiyaga borishning o‘rnatilgan tartiblarini eslatdi


ISTANBUL, 28 iyul. /«Dunyo AA/. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga safar qilishni rejalashtirayotgan va ushbu  davlatda bo‘lib turgan fuqarolarimizga murojааt  yo‘lladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

   «Turkiyada sayyohlik mavsumi boshlanishi munosabati bilan xorijliklar, shu jumladan,  fuqarolarimiz oqimi sezilarli darajada oshdi, - deyiladi murojaatda. - Koronavirusning yangi turini O‘zbekistonga olib kirish va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha maxsus komissiyaning qaroriga binoan, respublikaga qaytishdan oldin 72 soatdan oshmagan muddatda fuqarolar «COVID-19» virusini aniqlash testini topshiradi. Hozirgi kunda test natijalarining ba’zilari «musbat» chiqmoqda.

Turkiya vazirlik va idoralari bayonnomalariga ko‘ra, COVID-19 kasalligidan sug‘urtalangan chet el fuqarolari tibbiyot muassasalarida bepul davolanadi. Virusning yengil shakli bilan kasallangan sayyohlar esa 10-14 kun davomida mehmonxonalarning ixtisoslashgan xonalarida karantinda bo‘ladi. Karantin cheklovlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplanadi.

 Tashrif buyuruvchilarda sug‘urta polisi bo‘lmasa mehmonxona xarajatlari mehmon tomonidan to‘liq qoplanadi. Imkoniyat bo‘lmagan taqdirdi yaqin hududdagi maxsus bepul karantin markaziga yuboriladi. Sayyohning qaysi bepul karantin markaziga joylashtirilishi mahalliy gubernatorliklar tomonidan belgilanadi. Misol uchun, Istanbul shahrida Maltepa tumanidagi Mimar Sinan nomli yotoqxona bepul karantin markazi sifatida xizmat ko‘rsatmoqda. Ammo Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi o‘quv mavsumi boshlanishiga tayyorgarlik munosabati bilan yaqin davrda bepul karantin markazlari yopilishi mumkin.

10-14 kundan keyin PZR testi belgilangan tartibda qaytadan topshiriladi. Test natijasi “manfiy” chiqqan holatda uchib ketish uchun ruxsat beriladi. Ushbu «Hayat Eve Sığar» dasturi orqali nazorat qilinadi va mazkur tizim faoliyatiga «inson omili» ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Ushbu tartiblardan kelib chiqqan holda Bosh konsulxona Turkiyaga kelmoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimizdan yana bir karra tibbiy sug‘urta polisini rasmiylashtrishni tavsiya etadi. Bundan tashqari, sug‘urta agentlaridan koronavirus yuqtirish holatlarida aniq harakatlar tartibini o‘rganishni so‘raydi.

 Shuningdek, Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan karantin choralari kuchaytirilishi munosabati bilan ko‘chalarda yuz niqoblari va boshqa himoya vostitalaridan foydalanish hamda ijtimoiy masofani saqlagan holda harakatlanish tavsiya etiladi».

 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganl...

Mamlakatimizda 14 sentyabr kuni 572 holatda kasallik qayd etildi

Istanbuldan Toshkentga navbatdagi charte...

Joriy haftadagi ikkinchi charter yo‘lovchi reysi bir soat avval 271 nafar yo‘lovchi bilan...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi an...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar 457 nafarga yetdi.

So`nggi yangiliklar