Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Dolzarb

O‘zbekiston Bosh vaziri “Do‘stlik” mahallasida qurilgan uylar bilan tanishdi


TOSHKENT, 29-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Respublika ishchi guruhi yig‘ilishdan so‘ng deputatlar, vazirlik va idoralar vakillari, jurnalistlar ishtirokida tumanning “Do‘stlik” mahallasida qurilgan ko‘p kvartirali uylar bilan tanishdi.

Mutaxassislar aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarga yaratilgan qulayliklar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Dunyoda tabiiy va texnogen ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar har doim ham qoplanmaydi. Sirdaryo viloyatining mazkur hududlarida pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay qisqa vaqtda 1 ming 480 xonadondan iborat 37 ta ko‘p qavatli turar joy qurildi.

Ushbu uylar besh qavatli bo‘lib, ikki va uch xonali kvartiralardan iborat. Turar joylarni qurishda energiyatejamkor materiallardan foydalanilgan. Ushbu mavzeda barcha kommunikatsiya tarmoqlari mavjud. Mahalla guzari, bolalar maydonchalari qurib, hudud obodonlashtirilgan.

Mazkur xonadonlar tayyor holda, toshqindan jabrlangan oilalarga bepul topshiriladi.

Mutasaddilar bu bo‘yicha deputatlar va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.

Mavzuga oid

Bojxona postlarida «koronavirus»ga qarsh...

Bugungi kunda xavf solayotgan global muammolardan biri bu, shubhasiz, «koronavirus»dir.

Agostino Pinna: Asosiy vazifam – Italiya...

O‘zbekistonda Italiyaning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna o‘...

Ukraina keng jamoatchiligi O‘zbekiston P...

Xususan, Ukraina musulmonlari ma’naviy boshqarmasi boshlig‘i, Ukraina muftiysi Shayx Ahmad...

So`nggi yangiliklar