Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Dolzarb

O‘zbekiston Bosh vaziri Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan foydalanish, aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish ishlari bilan tanishdi


TOSHKENT, 29 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan foydalanish, ularni soz holatda saqlash hamda aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Prezidentimizning joriy yil 13 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur hududlarda barpo etilgan ko‘p qavatli uylardan foydalanish, ularni doim soz holatda saqlash bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibоt-tashviqot ishlarini tizimli tashkil etish vazifasi belgilab berilgan edi.

Sardoba tumanida ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi yig‘ilishida turli vazir va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari, viloyat faollari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yangi uylarni taqsimlash va aholining ushbu uylarga ko‘chib o‘tishini tashkil etish, mazkur hududlarda “Xavfsiz mahalla” tizimini joriy etish, hudud aholisi bandligini taʼminlash masalalari muhokama etildi.

Taʼkidlanganidek, hududdagi ushbu ulkan bunyodkorlik ishlari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan beg‘araz asosda amalga oshirilgan. Yangi uylarni o‘z egalariga berish jarayoni shaffof tarzda amalga oshiriladi. Bu borada har bir mahalla guzarlarida yangi uy oluvchilar haqida axborotlar eʼlon qilingan.

Xususan, ishchi guruh tomonidan yangi uylarni taqsimlashda fuqarolar hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu asosida uylarga ko‘chib kirishdan oldin ular bilan suhbat o‘tkaziladi. Bunda asosan, hududda noqonuniy qurilmalar qurmaslik, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, umumiy foydalaniladigan yo‘laklar, uylar atrofini ozoda saqlash borasida tushuntirish beriladi.

Yig‘ilishda mutaxassislar tomonidan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi talafot yetgan xonadon egalarini yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarga joylashtirish rejasi taqdimoti o‘tkazildi.

Mavzuga oid

Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migran...

Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respu...

Tojikiston elchisi: O‘zbekistonning BMT ...

Tojikiston elchisi Sodiq Imomi «Dunyo» axborot agentligiga bergan intervyusida O‘zbekisto...

Turkiy kengashga a’zo davlatlar tibbiyot...

Turkiyaning Izmir shahrida 23-28 avgust kunlari tibbiyot xodimlarining COVID-19 ga qarshi ...

So`nggi yangiliklar