Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   Hamkorlik

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 30 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev 28 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri Tavfiq ibn Favzan ar-Robiya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) muʼlumotiga ko‘ra, muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning asosiy jihatlari hamda uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, jumladan, siyosiy, iqtisodiy va turizm sohalarida munosabatlar faollashganini yuqori baholadilar.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga o‘tgan 30 yil davomida birinchi tarixiy tashrifi Podshohlik bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish uchun turtki bo‘lgani taʼkidlandi.

Xususan, tashrif davomida Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan umumiy qiymati 15 milliard dollarlik shartnomalar imzolanib, energetika, kimyo, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, qurilish, farmatsevtika, infratuzilmaviy qurilish va boshqa sohalarda 14 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish, yaʼni yetkazib beriladigan tovarlar turlarini kengaytirish, transport-logistika aloqalarini kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdilar.

O‘zbekistonliklarning Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish masalalari alohida muhokama qilindi. Tomonlar 2018 yil oktyabr oyidan Umra kvotalari bekor qilinganini olqishladi, bu esa avvallari bunday imkoniyatni uzoq vaqt kutishga majbur bo‘lgan aholining niyatlarini amalga oshirish uchun sharoit yaratdi. O‘zbekistonlik ziyoratchilarning chegara va bojxona nazoratidan o‘tishi, biometrik maʼlumotlarni elektron ro‘yxatga olish shartlarini optimallashtirish jarayonini faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muhokama qilingan barcha masala va tashabbuslarni jadal hayotga tatbiq etishga o‘zaro sodiqlik bildirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Malayziya bojxona idorala...

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziya Qirollik bojxona departamenti bosh direktori X...

Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtas...

Kecha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komiss...

O‘zbekiston Xitoydagi “Ipak yo‘li” anʼan...

Kecha Xitoyning Shensi provinsiyasi Sian shahrida “Ipak yo‘li” Oltinchi xalqaro ko‘rgazmas...

So`nggi yangiliklar