Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Noyabr/2020   Iqtisodiyot

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Amerika savdo palatasi prezidenti bilan pandemiya sharoitida mamlakatimizda xorijiy investorlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi


TOSHKENT, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kecha Amerika savdo palatasining O‘zbekistondagi prezidenti (AmCham) Xyugo Minderxud bila n uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziligi xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida pandemiya sharoitlarida mamlakatda loyihalarni amalga oshirib kelayotgan va o‘z faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar investitsiyalarni jalb etish va tadbirkorlikni, jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokida rivojlantirishning muhim omili sifatida davlat va xususiy sektor o‘rtasida doimiy va samarali muloqotni taʼminlash muhimligini taʼkidladilar. Shuningdek, har qanday mamlakatda investitsiyaviy muhitning asosiy tarkibiy qismi davlat tomonidan global iqtisodiy beqarorlik sharoitida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtibor ekanligi alohida qayd etildi.

Shu munosabat bilan, xorijiy ishbilarmonlar hamjamiyati vakillarini pandemiya sharoitida biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning joriy etilgan mexanizmlari haqida keng xabardor qilishga, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy investorlarga amaliy yordam berishga qaratilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Amerika savdo palatasi o‘rtasidagi amaliy hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini minimallashtirish va mamlakatdagi xorijiy korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika Hukumati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida AQSH va boshqa mamlakatlar kompaniyalarini xabardor qilish maqsadida birgalikda veb-anjuman tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Maʼlumot uchun, O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi  1997 yilda O‘zbekistonda yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy biznes vakillari tomonidan tashkil etilgan notijorat mustaqil uyushma hisoblanadi. U AQSH, Yevropa va Osiyo Tinch okeani mintaqasidan kompaniya rahbarlarini o‘zida birlashtiradi.

Mavzuga oid

Toshkent shahar hokimligida Turkiya bila...

Kecha Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ol...

Rossiyaning Davlat rivojlanish korporats...

“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyatining Moskvaga tashrifi doirasida “VEB.RF” Davlat rivojlanish...

Malayziya kompaniyasi bilan bank va tran...

“O‘zeltexsanoat” uyushmasida Malayziyaning «Percetakan Nasional Malaysia Berhad» kompaniya...

So`nggi yangiliklar