Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Noyabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari BAAning yangi elchisi bilan o‘zaro kelishuvlarning amalga oshirilishi, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

TOSHKENT, 6-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Said al-Qamziy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda Sardor Umurzoqov BAA elchisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig‘ini taqdim etish marosimi va lavozimga rasman kirish bilan qutlab, unga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida ikki tomonlama shartnomalarning bajarilishi va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Energetika, logistika va qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston-Amirliklar qo‘shma investitsiya kompaniyasining faoliyati ko‘rib chiqildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, Amirliklar va xalqaro sifat standartlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun innovatsion issiqxonalar yaratish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi. Bu esa ushbu mahsulotlarni BAA va uchinchi mamlakatlar bozorlariga yirik hajmlarda yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda tegishli laboratoriyalar va sertifikatlashtirish markazlarini tashkil etish dolzarbligi qayd etilib, bu yo‘nalishda hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqot davomida 25 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda hamkorlik Dasturi ijrosining amaldagi natijalari ijobiy baholandi.

Tomonlar turizm va taʼlim sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yo‘li orqali hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar.

Uchrashuv natijasida muhokama etilayotgan yo‘nalishlar doirasida samarali hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishiga yuqori sifatli tayyorgarlik bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vak...

Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolat...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hind to...

Dehli shahriga amaliy tashrif bilan kelgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindist...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining...

Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan yo‘nalishlar doirasida muloqotni kengaytirishga ta...

So`nggi yangiliklar