Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Oktabr/2022   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Budapeshtda Vengriya bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

TOSHKENT, 1-oktyabr. /“Dunyo” AA/. 30-sentyabr kuni O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari Levente Magyar bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalarda ko‘p qirrali o‘zbek – venger hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar qishloq xo‘jaligi, suvni tejaydigan texnologiyalar, oziq - ovqat sanoati, farmatsevtika, elektronika, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, kimyo va metallurgiya, ilm-fan, innovatsiya va taʼlim kabi sohalarda yangi yuqori daromadli investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini ishlab chiqishni o‘z ichiga olgan qisqa va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy masalalarni to‘liq ko‘rib chiqdilar.

Sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Vengriya sarmoyaviy doiralarini O‘zbekiston davlat korxonalari va aktivlarini transformatsiyalash va xususiylashtirish jarayoni jalb qilish istiqbollari alohida tartibda muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va ko‘p qirrali sheriklik yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlashga kelishildi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari -  investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning «Wizz Air», “MasterGood”, “KITE”, “Eximbank”, “Rába” kabi yetakchi venger kompaniyalari va banklari rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mavzuga oid

Italiyaning tomchilatib sug‘orish texnol...

Rimdagi elchixonamizda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning “Irritec Spa...

2021 yil avgust oyida Navoiy viloyatida ...

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 22 dekabr kuni videokonferensiya s...

ISTVda fuqaro aviatsiyasi sohasida tani...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar