Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari JST bosh direktori bilan mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi masalalarini muhokama qildi


TASHKENT, 13-may. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) ma’lum qilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonining bugungi holati, shuningdek, respublikaning ushbu xalqaro tashkilotga qo‘shilishi doirasida muzokaralarni yanada faollashtirish bo‘yicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning sezilarli natijalari JSTga a’zo mamlakatlarning O‘zbekistonga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, JST bosh direktori O‘zbekiston hukumati tomonidan Tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonini faollashtirishga doir amalga oshirilayotgan tizimli va izchil chora-tadbirlarga hamda zarur hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishning sur’ati va sifatiga yuqori baho berdi.
Ayni paytda ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibidagi ustuvor vazifalardan biri O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining bu yilgi navbatdagi, 5-yig‘ilishini o‘tkazish ekanligi ta’kidlandi. Tomonlar mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish borasida bir qator amaliy masalalarni muhokama qilib, ushbu yo‘nalishda keyingi qo‘shma tadbirlarni belgilab oldilar.
Ngozi Okonjo-Iveala tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonida O‘zbekistonga har tomonlama yordam ko‘rsatishga va mushtarak masalalarni tezda hal qilish maqsadida bu yo‘nalishda birgalikda ish olib borishni jadallashtirishga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida JST Kotibiyati bilan muntazam aloqalarni davom ettirish va Ishchi guruhning 5-yig‘ilishini sifatli tashkil etish, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda a’zo davlatlar bilan muzokaralar olib borish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash maqsadida uning texnik yordamini jalb etishga kelishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Turkiya ekspertlari imti...

O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risida ...

Janubiy Koreya kompaniyasi Qashqadaryo v...

Bugun Inchxon shahridagi Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes markazida «i-Sens Inc.» kompan...

USAID texnik missiyasi 1-3 fevral kunlar...

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (United States Agency for International Development – U...

So`nggi yangiliklar