Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Iqtisodiyot

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va QXRXJ prezidenti 47 million dollar miqdoridagi kelishuvni imzoladilar


TOShKENT, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) Prezidenti J.Ungbo «Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish» loyihasining 2-bosqichi doirasida 47 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish to‘g‘risidagi Bitimni videokonferensaloqa shaklida imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manbasiga asoslanib.

Bitim shartlariga muvofiq, QXRXJ 46,2 million dollar miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli qarz mablag‘larini, shuningdek, 800 ming dollar miqdoridagi grant mablag‘larini ajratadi.

Loyiha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. U quyidagi qator tarkibiy qismlardan iborat:

- O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasining salohiyatini oshirish, O‘zbekiston ishbilarmon ayollari assotsiatsiyasi, Baliqchilik uyushmasi, Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy xalqaro sifat va xavfsizlik standartlarini joriy etish uchun agrosanoat korxonalari va fermerlarning kredit majburiyatlarini kafolatlash bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini moliyalashtirish;

- kredit mahsulotlaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga qishloq joylarda yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash;

- qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, ekin maydonlarining hosildorligini va suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida sug‘orish tizimlari, meteorologik stansiyalar va boshqa infratuzilma ob’ektlarini zamonaviylashtirish.

Shuningdek, loyihada zamonaviy issiqxonalar, intensiv bog‘lar barpo etish, ekologik toza va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qayta ishlash quvvatlari va omborxonalar sig‘imini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, loyiha doirasida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, qishloq joylarda qo‘shimcha yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish natijasida mehnat unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini oshirish hisobiga loyiha hududning 375 mingdan ortiq aholisi daromadlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu loyihaning 2020-2030 yillarda O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida belgilangan strategik maqsadlarga erishish, jumladan yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, tarmoqda investitsiya muhitini yaxshilash va mahalliy agrosanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun muhimligini ta’kidladi.

Videokonferensiya yakunida tomonlar ishlab chiqarish va eksportning dinamik o‘sishini, qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlaydigan, respublika hududlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan barqaror ishlab chiqarish-ta’minot zanjirlarini yaratishga kelishib oldilar. Shuningdek, ushbu sektorda zamonaviy texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan faol hamkorlikni davom ettirishga qat’iy niyatlarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun: QXRXJ - BMTning ixtisoslashgan muassasasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va aholining ovqatlanish holatini yaxshilash maqsadida moliyaviy resurslarni jalb qilishdan iborat. QXRXJ 1977 yildan buyon 90 ta mamlakatda 350 million odamga yordam berish bo‘yicha 700 tadan ortiq dastur va loyihalarni moliyalashtirish doirasida 10 milliard dollar miqdoriga yaqin imtiyozli kredit va grantlar taqdim etib kelmoqda.

QXRXJning O‘zbekistondagi loyihalar portfeli umumiy qiymati 139,5 million AQSh dollari miqdoridagi 4 ta loyihadan iborat. Ular O‘zbekiston meva-sabzavot sektori rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Jumladan, 1 ta 28,3 million AQSh dollarlik loyiha 2019 yilda amalga oshirilgan. Qolgan loyihalar esa hozirgi vaqtda amalga oshirish bosqichida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi va sut sanoati sektorida qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Mavzuga oid

Ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyati...

Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida...

Oʼzbekiston – Xitoy “New Silk Road Oil a...

“New Silk Road Oil and Gas” Oʼzbekiston – Xitoy qoʼshma korxonasi tomonidan “Dengizkoʼl”, ...

Toshkent shahar hokimi Xitoy kompaniyasi...

Toshkent shahar hokimi Xitoyning yirik biznes doiralaridan biri «Xinjiang Hualing Industry...

So`nggi yangiliklar