Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Iqtisodiyot

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri qo‘shma loyihalar ijrosiga oid masalalarni muhokama qildi


TOSHKENT, 13-aprel. /“Dunyo” AA/.  Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al – Falih bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida investitsiyaviy, energetika, moliyaviy-texnik sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishini ijobiy baholab, ushbu loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni jadallashtirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirishga sodiqliklarini bildirdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham yangi istiqbolli loyihalarni o‘rganish orqali ushbu sohadagi sheriklikni mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Saudiya Arabistoni tomonining O‘zbekiston bilan yengil sanoat, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, infratuzilmani rivojlantirish va turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi qiziqishi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, moliyaviy-texnik yo‘nalishida, jumladan, sog‘liqni saqlash, taʼlim, fan va innovatsiya, qishloq va suv xo‘jaligi, uy-joy va transport infratuzilmasi kabi sohalarda hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Muloqot chog‘ida tomonlar joriy yilning birinchi yarim yilligida Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabistoni)da Hukumatlararo komissiyaning 4-yig‘ilishini tashkil etish masalalari yuzasidan kelishib oldi.

Muzokaralar yakunida qo‘shma loyiha va tashabbuslar ijrosini tizimli nazorat qilish maqsadida o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va videokonferensaloqa shaklida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan chega...

Bu boradagi Prezident farmoni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi ...

Sirdaryoda bug‘-gaz qurilmali elektrosta...

Elektr energetikasi sohasida yangi loyiha – Sirdaryo viloyatida bug‘-gaz qurilmali (BGQ) e...

O‘zbekiston Energetika vazirligi 9 yanva...

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 8 yanvar kuni issiqlik elektr va g...

So`nggi yangiliklar