Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Yanvar/2022   Iqtisodiyot

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari xorijiy kampaniya boshqaruv raisi bilan “Yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

 TOSHKENT, 17 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov «Delphos International» kompaniyasi boshqaruvi raisi Bart Turtelbum bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, «Delphos International» rivojlanayotgan bozorlardagi loyihalar uchun uzoq muddatli kapitalni jalb qilishga ixtisoslashgan yetakchi mustaqil moliyaviy konsalting xizmat ko‘rsatish kompaniyasi hisoblanadi.

Uchrashuv kun tartibidan davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini, inson kapitalini rivojlantirish, shuningdek, xususiylashtirish masalalari o‘rin oldi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 Tomonlar inson kapitalini rivojlantirish, davlat-xususiy sherikligi loyihalari va infratuzilma masalalari xususida fikr almashdi.

 Bart Turtelbum O‘zbekistonda islohotlar izchil davom etayotganligini alohida taʼkidladi. Kompaniya boshqaruvi raisi “Yashil” iqtisodiyot kompaniya uchun muhim va manfaatli yo‘nalish ekanini bildirib, ushbu sohada amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish va rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan hamkorlikni yana-da jadallashtirish  to‘g‘risida kelishib oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Rossiya: kino sanʼati soh...

O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 28 avgustdagi «Toshkent shahrida «S.A.Gerasimov nomid...

Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘...

Unda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirishning joriy hol...

Turk kompaniyalarining Namangan viloyati...

Namangan viloyat hokimligida Turkiyaning “HBB” va «Etalon homes» kompaniyalari vakillari b...

So`nggi yangiliklar