Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Investitsiyalar

O‘zbekiston Buxoro va Xorazm viloyatlarining investitsiya salohiyatini mustahkamlamoqda, shuningdek, ITSV hududiy tuzilmalarini o‘zgartirish va samaradorligini oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

TOSHKENT, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev «International Development Ireland» (IDI, Irlandiya) rahbariyatini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, oxirgi bir yil davomida ekspertlar guruhi Buxoro va Xorazm viloyatlarining investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ish olib borgan edilar.

Kompaniya vakillari ITSV huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi va IDI o‘rtasida tuzilgan shartnomaning birinchi qismi doirasida bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etdilar. Xususan, kompaniya Buxoro va Xorazm viloyatlarining investitsiyaviy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks Strategiyalarni ishlab chiqqani, vazirlik rahbariyati va xodimlari hamda investitsiyalarni jalb qilish sohasiga masʼul tashkilotlar vakillari uchun bevosita va onlayn tarzda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha malaka oshirish dasturiga muvofiq treninglar o‘tkazgani qayd etildi.

Mashg‘ulotlarda Irlandiya Investitsiyalarni jalb qilish agentligi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Kompaniya mutaxassislari tomonidan Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari ko‘magida IDI hududiy ofislari ochildi hamda ikkala viloyatda 25 ta kompaniyaning investitsiya imkoniyatlari baholandi. 620 investorga hududda yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar yetkazildi, ulardan 16 nafari takliflarga qiziqish bildirib, o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni boshladilar. Investorlar asosan tibbiy va mehmonxona xizmatlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish, chorvachilik, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va sotish yo‘nalishlari bilan qiziqishmoqda.

Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari O‘zbekistonda faoliyatini davom ettirishga tayyorligini bildirdilar. IDI vazirlikning hududiy tuzilmalari faoliyatini transformatsiyalash va samaradorligini oshirishga qaratilgan konsepsiyani ishlab chiqib, taqdim etadi. Konsepsiya navbatdagi muzokaralar davomida ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston energetika vazirligi QTE soh...

O‘zbekiston energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya (QTE ) sohasidagi tenderlar ya...

ITSV: Tadbirkorlarning hech bir murojaat...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar...

Vena shahrida UNIDO va O‘zbekiston o‘rt...

Uch yillik loyiha budjeti qariyb 2,5 million dollarni tashkil etadi

So`nggi yangiliklar