Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Sayyohlik

O‘zbekiston Cho‘lpon-ota xalqaro sayyohlik yarmarkasida taqdim etildi


BISHKEK, 17-may. /“Dunyo” AA/.  Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida joylashgan Chingiz Aytmatov nomidagi «Rux ordo» madaniyat markazi hududida Prezident Sadir Japarov ishtirokida «Issyk-Kul ITF-2021 «I am nomad» Issiqko‘l xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur xalqaro turizm yarmarkasi doirasida “Yoz-2021” sayyohlik mavsumi boshlangani rasman maʼlum qilindi.

«Issyk-Kul ITF-2021» muhim xalqaro tadbir sifatida xalqaro sayyohlik kompaniyalari, turoperatorlar va agentliklar, turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat idoralari vakillari, aviakompaniyalar, mehmonxonalar, yo‘lovchi tashuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarini har yili o‘z atrofiga jamlashi anʼana tusiga kirgan.

Ko‘rgazma ishida diplomatiya korpusining vakillari, ommaviy axborot vositalari va mahalliy hamda xorijiy sayyohlik agentliklari rahbarlari, shuningdek, pansionatlar, dam olish uylari va mehmonxonalar rahbarlari qatnashdi.

Qirg‘iziston Prezidenti tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, Issiqko‘l xalqaro sayyohlik yarmarkasi 2016 yildan buyon o‘tkazib kelinayotganini aytdi. «Ushbu tadbirda ishtirokchilar va manfaatdor tomonlarning soni har yili o‘sib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etish kerak. Ayni paytda qo‘shni mamlakatlardagi aksariyat sayyohlik kompaniyalari ushbu platforma haqida ko‘proq bilib, unda o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda», dedi Prezident Sadir Japarov.

Ko‘rgazmada Prezident mahalliy turoperatorlar, shuningdek, Turkiya, Vengriya va O‘zbekistonning sayyohlik bo‘linmalari bilan tanishdi.

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Rux-ordo” madaniyat markazi saytida milliy kitoblar, liboslar taqdimoti, o‘zbek xalq amaliy sanʼati mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir doirasida sayyohlik sohasida xorijiy sayyohlik agentliklari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘rnatilgan transport aloqalari, xususan, “Toshkent–Baliqchi–Toshkent” temir yo‘li loyihasi, “Toshkent–Bishkek–Toshkent” avtobus yo‘nalishi va respublikalardagi epidemiologik vaziyat yaxshilanishidan keyin to‘liq ishlay boshlaydigan “Toshkent–Tamchi–Toshkent” charter aviareysi haqidagi maʼlumotlar ham taqdim etildi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya buddachilari O‘zbekistond...

O‘zbekistonning ziyorat turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida mamlakatimizning Seul...

Turkiyaning yetakchi gazetasi O‘zbekisto...

O‘zbekistonning turizm sohasidagi mavjud imkoniyatlari, shu jumladan, ziyorat turizmi salo...

Chodak qishlog‘i zamonaviy turizm maskan...

Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog‘ida zamonaviy mehmonxona va dam olish maskani ...

So`nggi yangiliklar