Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Fevral/2023   Iqtisodiyot

O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniyada sopol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazadi

MADRID, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. Malakatimiz elchixonasi ko‘magida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisining o‘rinbosari Bahodir Ismoilov, Ispaniya “ASCER” kafel va sopol pol ishlab chiqaruvchilar uyushmasi prezidenti Visente Manuel Nomdedeu, uyushma ijrochi kotibi Alberto Echavariya va “Gedepsa” promouterlik-konsalting kompaniyasi prezidenti Alexandro Pastrana  o‘rtasida onlayn-muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda, shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mutasaddilari  ham qatnashdi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda “ASCER” bilan hamkorlikda kaolindan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tashkil etish loyihasini  hayotga tadbiq etish masalasi muhokama qilindi. Ispaniya sopol plitkalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Ispaniyaga rejalashtirilayotgan amaliy safari dasturi ko‘rib childi. O‘zbekiston vakillari safar chog‘ida “Azteca”, “Porselanosa”, «Grespana SA» kabi kompaniyalar rahbarlari  bilan muzokaralar o‘tkazishi nazarda tutilmoqda.

Maʼlumot uchun: “ASCER” 1977 yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Kastellon de la Plana shahrida (Valensiya) joylashgan. Uyushma sohaning 100 dan korxonalarini birlashtirgan. Tuzilma tarkibidagi kompaniyalar Ispaniyaning ushbu yo‘nalishdagi ishlab chiqarish quvvatining taxminan 95 foizini qamrab olgan.

Mavzuga oid

Germaniya kompaniyasi Yevropa bozori uch...

Germaniya kompaniyasi Yevropa bozori uchun O‘zbekistonda mahsulot ishlab chiqarish hajmini...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘r...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S...

O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarla...

O‘zbekiston hukumati delegasiyasining Moskva shahriga tashrifi doirasida Bosh vazir o‘rinb...

So`nggi yangiliklar