Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2023   Ta'lim

O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada Markaziy Osiyo davlatlarining istiqbolli isteʼdodlarini tayyorlash bo‘yicha mintaqaviy forumda ishtirok etdi

SEUL, 27-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi xodimlari Janubiy Koreyaning Chxunchxonnam-do provinsiyasida Markaziy Osiyo davlatlarining istiqbolli isteʼdodlarini tayyorlash bo‘yicha mintaqaviy forum ishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad akademik rivojlanishni taʼminlash, sifatli oliy taʼlim olish, zarur malakaga ega bo‘lish, xorijlik talabalarni kompaniyalarda maʼlum bir kasb bo‘yicha ish topishi, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan iqtidorli talabalarni ko‘proq jalb etishdan iborat.

Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlarining elchilari, Sunmun universiteti, Chungnam davlat universiteti va Yonam kolleji rahbarlari, shuningdek, Chxunchxonnam-do provinsiyasi vitse-gubernatori, Bandlik va mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Koreya Kichik va o‘rta biznes hamda startaplarni  qo‘llab-quvvatlash agentligi, Inson resurslarini rivojlantirish  xizmati va Chongnam Tadbirkorlar kengashi mintaqaviy  vakillari   ishtirok etishdi.

Tadbir Sunmun universiteti va Chxunchxonnam-do provinsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Forum yakunida Markaziy Osiyo davlatlaridan talabalarni Chxunchxonnam-dodagi oliy taʼlim muassasalariga, jumladan, Sunmun universitetiga jalb etish, shuningdek, bitiruvchilarga Koreya Respublikasi kompaniyalarida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish topishga ko‘maklashish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligini ko‘zda tutuvchi ko‘p tomonlama hujjatni imzolash marosimi tashkil etildi.

Hozirgi kunda Sunmun universitetida Farg‘ona O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetining 114 nafar talabasi «3+1 dasturi» bo‘yicha tahsil olmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Hindiston to‘qimachilik s...

Respublikamizda to‘qimachilikni yana-da rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani jalb qili...

Toshkent va Nagoyaning maktab o‘quvchila...

Kecha Nagoya shahridagi Shimoliy yuqori maktabining 1-sinf o‘quvchilari va Toshkent Davlat...

Pekinda ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Xi...

Pekindagi elchixonamizda “Beijing Silk Road Culture Development” kompaniyasi rahbari Szan ...

So`nggi yangiliklar