Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2023   Hamkorlik

O‘zbekiston delegatsiyasi Leypsig shahri mezbonlik qilayotgan xalqaro transport forumida ishtirok etmoqda

 TOSHKENT, 27-may. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaning Leypsig shahrida bo‘lib o‘tayotgan  «Barqaror iqtisodiyotga ko‘maklashuvchi transport» mavzusida xalqaro transport forumida ishtirok  etmoqda, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Transport vazirligi  maʼlumotiga ko‘ra, sammit ishtirokchilari transportning iqtisodiy o‘sish omili sifatida ekologik va ijtimoiy barqarorlikka hissa qo‘shuvchi rolini muhokama qilayaptilar.

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ushbu forum doirasida O‘zbekiston tomoni transkaspiy yo‘lagi infratuzilmasini yaxshilash va to‘lovlarni raqamlashtirish, optimallashtirish tizimlarini keng joriy etish orqali milliy tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston haydovchilari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish va xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnomalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi.

Bundan  tashqari, O‘zbekiston vakillari tadbir doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdilar.  Ular davomida O‘zbekistonni ESMT ko‘p tomonlama kvota tizimiga qo‘shilish bo‘yicha ishlarni boshlash, Mongoliya va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita bitim (havo qatnovi va avtomobilda yuk tashish) matni bo‘yicha yakuniy ishlarni olib borish va imzolashga tayyorlash maqsadida o‘zbek-mongol ishchi guruhi yig‘ilishini joriy yil iyul oyida Mongoliyada tashkil etish, joriy yil  III choragida Toshkent shahrida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlar bo‘yicha o‘zbek-bolgar qo‘shma komissiyasini o‘tkazish va ruxsatnoma blankalari sonini oshirishga kelishish, Litva bilan avtomobilda xalqaro yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalari sonini oshirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, 2024 yilda Xalqaro transport forumi Osiyo mintaqasi davlatlarining yuqori darajadagi davra suhbatini («ITF High-Level Dialogue of Asian Countries») mamlakatimizda o‘tkazish, O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari bo‘yicha Hukumatlararo bitimni ishlab chiqish takliflari ilgari surildi.

Mavzuga oid

Markaziy Osiyoning 5 ta davlati Xitoyda ...

17-avgust kuni Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida 40 ta mamlakat va mintaqadan 1,3 ...

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga M...

Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi ko‘magida Malaziya qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va...

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining tibbiy...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mudofaa idoralari o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlarga k...

So`nggi yangiliklar