Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Sentabr/2022   Ta'lim

O‘zbekiston delegatsiyasi Malayziyada Bolalar va o‘smirlar kitoblari bo‘yicha xalqaro Kengash kongressida ishtirok etdi

KUALA-LUMPUR, 11-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 5-8 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yozuvchilar uyushmasi vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Malayziyada Bolalar va o‘smirlar kitoblari bo‘yicha xalqaro Kengashning (International Board on Books for Yaung People – IBBY) 38-Xalqaro kongressi ishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


IBBY 1953 yilda Shveysariyaning Syurix shahrida tashkil etilgan. IBBY Nizomiga muvofiq, har bir davlatda Milliy shoʻba tashkil etilishi mumkin. Uning asosiy maqsadi — bolalar va yoshlar uchun milliy adabiyotni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida ijodiy va ijtimoiy kuchlarni birlashtirishdan iborat.

YUNESKO va YUNISEFda rasmiy maqomga ega nodavlat tashkiloti sifatida IBBY bolalar kitoblari himoyachisi sifatida siyosat ishlab chiqadi. Uning bosh qarorgohi Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan.

2022 yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika bolalar kutubxonasi, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi ishtirokida IBBYda O‘zbekiston Respublikasining Milliy sho‘basi tashkil etildi.

IBBY Milliy sho‘balari Xalqaro bolalar kitobi kunining xalqaro tashkilotchisi (homiysi) bo‘lish imkoniyatiga ega. Tashkilotchi davlat — IBBY ijroiya qo‘mitasi tomonidan tanlov asosida aniqlanadi. Tashkilotchi mavzuni belgilash, butun dunyo bolalariga Murojaat yo‘llash uchun mezbon mamlakatning taniqli muallifini va maxsus afishani loyihalash uchun taniqli rassomni taklif qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Xalqaro forumda, shuningdek, IBBYning Malayziya, Hindiston, Janubiy Afrika, Fransiya, AQSH, Kanada, Eron, Germaniya, Ispaniya, Daniya, Livan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Norvegiya, Fransiya, Shvetsiyadan Milliy shoʻba delegatsiyalari ham ishtirok etdi.

Forum davomida O‘zbekiston delegatsiyasining chet ellik hamkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarida respublikada bolalar kitobxonligini rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha hamda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar uchun kitoblar to‘plami yaratishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Shuningdek tadbir davomida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonovning IBBY ijrochi direktori Karolina Ballester bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bolalar adabiyotlari sohasini ravraq toptirish, ularni targ‘ib etish va ommalashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar suhbatdosh tomonidan yuqori baholandi.

O‘zbekiston Milliy shoʻbasi vakillarining Kengash kongressi davomida olib borgan muzokaralari yakuni bo‘yicha joriy yil 2-4 noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan «Tashkent International Book Fest» III Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etishda IBBY tomonidan xorijiy kitob-nashriyot va kitob savdosi kompaniyalari, kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi tashkilotlarni jalb etish hamda 2023 yilda O‘zbekistonda IBBYning mintaqaviy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid

Shotlandiya va O‘zbekiston universitetla...

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati ...

Termiz davlat universiteti va Kardiff un...

Kecha O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida Termiz davlat universiteti...

ITSV: Milliy tadqiqot universiteti mamla...

22-iyun kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari ...

So`nggi yangiliklar