Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2022   Markaziy Osiyo

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH davlatlari Bosh prokurorlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi

 TOSHKENT, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDHga aʼzo davlatlar Bosh prokurorlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining 32-yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati maʼlumotiga, uchrashuvda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston Bosh prokuraturalari rahbarlari va delegatsiyalari qatnashdi.

Tadbirda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – MDH Ijroiya kotibi Leonid Anfimov MDH Ijroiya qo‘mitasi nomidan ishtirok etdi.

Kengash aʼzolari tomonidan 14 ta masala ko‘rib chiqildi. MDH mamlakatlari Bosh prokuraturalari rahbarlari jinoiy yo‘l bilan tpilgan aktivlarni kuzatib borish va qaytarish, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish, ekstremistik maʼlumotlarning tarqalishiga qarshi kurashish, voyaga yetmaganlar va noqonuniy migratsiyaning oldini olish, shu jumladan jinoiy yo‘l bilan olingan aktivlarni qaytarish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari 2021 yilda jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmning boshqa zo‘ravon ko‘rinishlariga qarshi kurashish, tashqi chegaralarda chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha davlatlararo hamkorlik dasturlarini amalga oshirish natijalarini sarhisob qildilar. Xalqaro huquqiy hamkorlik, shu jumladan jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va ekstraditsiya, korrupsiyaga qarshi kurash, prokuratura xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirning tantanali qismida uchrashuv ishtirokchilariga «MDH davlatlarining faxriy prokurori» va «Belorus prokuraturasining 100 yili» yubiley nishonlari topshirildi.

Muvofiqlashtiruvchi Kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2023 yil sentyabr oyida Bokuda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan olingan surat

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari Qirg‘izistonda ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Cho‘lponota sh...

Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqot...

Turkmanboshi shahrida (Turkmaniston) Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi m...

BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi H...

Shotlandiyaning Glazgo shahrida Parij kelishuvini amalga oshirishning dastlabki natijalar...

So`nggi yangiliklar