Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Dolzarb

O‘zbekiston delegatsiyasi Misrda o‘tkazilayotgan ICESCO anjumanida ishtirok etmoqda


QOHIRA, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov rahbarligidagi delegatsiya Misrda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

6-9 dekabr kunlari Misrning yangi maʼmuriy poytaxtida 49 ta davlat ishtirokida Islom olami fan, taʼlim va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) Ijroiya kengashining 42-sessiyasi va ICESCO Bosh konferensiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, Xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining Misrga tashrifi doirasida Qohira shahridagi elchixonamiz tomonidan ushbu mamlakatda tahsil olayotgan yuzlab vatandoshlarimiz bilan “ochiq muloqot” o‘tkazildi, bundan tashqari 7 dekabr kuni “Al-Azhar” diniy majmuasi rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etilmoqda.

Tashrif davomida ICESCO Bosh kotibi va xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Polshada vaqtincha mehnat qilayotgan vat...

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Polshaning Velkopolskiy viloyati Zudniy shahrida vaqtin...

O‘zbekiston Xalqaro ochiq ma’lumotlar xa...

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xalqar...

Bryusselda «Markaziy va Janubiy Osiyonin...

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi “EURACTIV” media-portali bilan hamkorlikda «Markaz...

So`nggi yangiliklar