Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2022   Investitsiyalar

O‘zbekiston delegatsiyasi Tokioda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo investitsiya forumida ishtirok etdi

TOKIO, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafoyev boshchiligidagi delegatsiya Tokioda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo investitsiya forumida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


YETTB banki tomonidan Yaponiya hukumati, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JEYBIK)  va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JAYKA) hamkorligida tashkil etilgan tadbir “Barqaror o‘sish uchun ko‘priklarni barpo etamiz” shiori ostida o‘tkazildi.

Uning shoʻba yig‘ilishlari mintaqadagi energetika sektorini transformatsiya qilish, “yashil energetika” va ilg‘or infratuzilmani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Forumdan ko‘zlangan maqsad Yaponiya kompaniyalari, moliya institutlari va xususiy banklarining eʼtiborini Markaziy Osiyoga jalb qilish, shuningdek, mintaqadagi savdo va sarmoya bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda YETTB prezidenti Odil Reno-Basso, Yaponiya moliya vaziri o‘rinbosari Masato Kanda, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki raisi Nobumitsu Xayashi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi katta ijrochi vitse-prezidenti Junichi Yamada, Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi Oqilbek Japarov, Tojikiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Davlatali Said, Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vaziri Muhammadgeldi Serdarov, Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Yerulan Jamaubayev, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiy rivojlanish vaziri Chimeydiyn Xurelbaatar qatnashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari forumning yalpi majlisida, shuningdek, “Energetika sektorini transformatsiya qilish – Markaziy Osiyoda sof energetika” va “Intellektual infratuzilmani rivojlantirish imkoniyatlari” shoʻba majlislarida so‘zga chiqib, mamlakatimiz iqtisodiyotining ushbu tarmoqlarining rivojlanishi va salohiyati haqida batafsil maʼlumot taqdim etdi.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistoni Milliy rivojlanish ko...

Mamlakatimiz elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistoni Milliy rivojlanish kompaniyasi b...

Saudiyalik tadbirkor bilan O‘zbekistong...

Mamlakatimiz Bosh konsulligida Jidda shahridagi yirik tadbirkor Muhammad Sindi bilan uch...

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Janu...

Kecha poytaxtimizdagi «Panarams Radisson» mehmonxonasida O‘zbekiston vazirlik va idoralari...

So`nggi yangiliklar