Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Iyun/2022   Parlament

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiy tilli mamlakatlar Parlamentlar assambleyasining XI yalpi majlisida ishtirok etdi

 TOSHKENT, 25-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Jogorku Keneshi Raisi taklifiga binoan Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlamentlar assambleyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, majlisda, shuningdek, Assambleyaga aʼzo davlatlar – Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston parlamentlari rahbarlari, Vengriya (kuzatuvchi maqomiga ega) va Turkmaniston (faxriy mehmon sifatida) spiker o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

«Parlament diplomatiyasi – ishonch va hamkorlik asosi» yalpi majlis mavzusi bo‘ldi.

Oliy Majlis Senati Raisi o‘z nutqida ishtirokchilar eʼtiborini dolzarb masalalarni hal etishda parlament diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalangan holda turkiy tilli mamlakatlar parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikning hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratdi. 

Majlisda «Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida»gi model qonun loyihasi qabul qilindi, Assambleya bosh kotibining o‘rinbosarlari va kotibiyat komissiyalari rahbarlari tasdiqlandi, kuzatuvchi missiyalarning 2021 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi, 2021 yil noyabr oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi, shuningdek, 2022 yil iyun oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan referendum bo‘yicha hisobotlari eshitildi.

Tadbir yakunida Cho‘lpon-Ota deklaratsiyasi va TurkPA nomini Turkiy mamlakatlar Parlament assambleyasi deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mavzuga oid

Senatda o‘tkazilgan uchrashuvda YEXHT PA...

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva bugun YEXHT Parlament Assambleyasi (PA) Prezide...

Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtas...

Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zolari Ross...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Ol...

Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi Ken...

So`nggi yangiliklar