Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Oktabr/2020   Iqtisodiyot

O‘zbekiston delegatsiyasi Yanlin 27-qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etdi


PEKIN, 24-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Xitoydagi Elchisi Baxtiyor Saidov joriy yil 22-23 oktyabr kunlari Xitoyning Shensi provinsiyasida bo‘lib o‘tgan Yanlin 27-Qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuqori texnologiyalar ko‘rgazmasida ishtirok ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri Shuhrat Umirov.

 Qayd etish joizki, XXR Davlat kengashi qaroriga binoan, 1994 yili tashkil etilgan Yanlin qishloq xo‘jaligi zonasi yangi va yuqori agrotexnologiyalar namoyish etiladigan yagona hudud hisoblanadi. 8 qismdan iborat mazkur zonada texnologik tadqiqotlar, zamonaviy qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari, ilm-fan va texnologiyalar xalqaro hamkorligi, zamonaviy qishloq xo‘jaligi korxonalarini barpo etish, o‘simliklarni madaniylashtirish, standart ishlab chiqarishi, mahsulotlar va logistika parklari qaror topgan.

Yanlin Qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuqori texnologiyalar ko‘rgazmasi Xitoydagi “5A” darajasiga ega bo‘lgan yirik agrar ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Har yili o‘tkaziladigan mazkur ko‘rgazma maydoni 500 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng yangi muvaffaqiyatlar va texnologiyalar, jumladan, xorijiy mamlakatlarning milliy ekspozitsiyalari namoyish etiladi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Shensi provinsiyasi gubernatori Chjao I De keng qamrovdagi agrar mahsulotlarni ishlab chiqarish ushbu mintaqaning eng muhim iqtisodiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanishini qayd etdi.

Tadbirda Xitoyning ilm-fan va texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirliklarining yuqori martabali mutasaddilari, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakillari va boshqalar so‘zga chiqdilar.

O‘zbekiston Elchisi o‘z nutqida mamlakatimizda agrar jabha rpaqobatbardoshligini oshirish, aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, innovatsiyani, resurs va energiyani tajaydigan texnologiyalarni qo‘llash, yangi qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish va sohaning boshqa muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi batafsil maʼlumotlarni o‘rtoqlashdi.  

Shu o‘rinda O‘zbekiston Yanlin qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangi yuqori texnologiyalar namoyish zonasi bilan mamlakatimizda Qo‘shma qishloq xo‘jaligi ilmiy-texnikaviy innovatsion parkini barpo etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilayotgani alohida qayd etildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti (Northwestern University of Agriculture and Forestry) raisi Li Sinvang, Yanlin kasb-hunar va texnika kolleji partiya qo‘mitasi kotibi Chen Nin va mazkur kollej rektori Van Chjouso bilan muloqot o‘tkazdilar.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistoni yirik kompaniyalari O...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Saudiya Ara...

Davlat xizmatchilari daromadlarini dekla...

Joriy yil so‘ngiga qadar xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, davlat xizmatchilarinin...

Amerikaning «BLUESTONE» investitsiya ban...

Amerikaning «Bluestone» investitsiya banki O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida profess...

So`nggi yangiliklar