Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2023   TIV yangiliklari

O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyoning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari uchrashuvida ishtirok etdi

 TOSHKENT, 27-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi kecha Ashxobodda Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillarining to‘rtinchi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Hakala, Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Niklasson, BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Afg‘onistondagi missiyasi rahbari Roza Otunbayeva, Jahon banki vakillari (onlayn tarzda) va Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv ishtirokchilari afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni davom ettirish, Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, mamlakatning xorijdagi muzlatilgan aktivlariga cheklovlarni yechish zarurligini taʼkidladilar.

Afg‘oniston muvaqqat hukumatiga xalqaro hamjamiyatning inklyuziv va vakillik hukumatini yaratish, fuqarolar, ayniqsa ayollar huquq va erkinliklarini hurmat qilish, Afg‘oniston hududidan terroristik maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi talablarini bajarish yuzasidan murojaat qilindi.

Mintaqadagi suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Qo‘shni davlatlar manfaatlarini o‘zaro hisobga olish, mintaqa suv resurslaridan oqilona foydalanish muhimligi qayd etildi.

Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan umumiy takliflar ishlab chiqish imkoniyatlari mavjudligi taʼkidlandi.

Delegatsiyalar O‘zbekiston Prezidentining BMT shafeligida Xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini ijobiy baholab, bu BMTning Afg‘oniston bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda ushbu formatdagi umumiy takliflarning bir qismi bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Malayziya tashqi ish...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda xotin-qizlarning taʼlim olishiga taqiq q...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston b...

Kecha O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Ros...

So`nggi yangiliklar