Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Jamiyat

O‘zbekiston diplomatlari mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha Turkiya tajribasini o‘rgandi


ISTANBUL, 13 aprel /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlari, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili bilan birgalikda Turkiya tashqi ishlar, ichki ishlar, oila, mehnat va ijtimoiy xizmatlar vazirliklari mutasaddilari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirlarda o‘zbekistonlik diplomatlar Turkiyaning xorijdagi mehnat migratsiyasini tashkil etish tajribasini o‘rgandi. Ushbu mamlakatda O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash imkoniyatlari, shuningdek, yashash va ishlash uchun ruxsat olish masalalari muhokama qilindi.,

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda chet elda yashayotgan turk fuqarolarning umumiy soni 6 million kishidan oshadi. Shundan 5,5 millionga yaqini G‘arbiy Yevropada (Germaniya, Belgiya, Avstriya, Fransiya, Gollandiya, Shvetsiya va boshqalar) yashaydi.

Turkiya vakillarining ta’kidlashicha, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati bilan 1963 yil 12 sentabrda imzolangan assotsiatsiya to‘g‘risidagi bitim keyinchalik soddalashtirilgan tartibda turklarning Yevropada qonuniy ishlashiga imkon beradigan bir qator shartnomalarni tuzishga imkon berdi.

Turkiyaning ichki va tashqi strategiyasini Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi Migratsiya komissiyasi belgilaydi.

Uchrashuvda Turkiyada mehnat qilayotgan va bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid

«Kichik yoshdagi bolalar taʼlimi va tarb...

Joriy yil 10-12 dekabr kunlari «Kichik yoshdagi bolalar taʼlimi va tarbiyasi» X xalqaro il...

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi:...

Moskva shahridagi elchixonasi vatandoshlarimizga moliyaviy, tibbiy va oziq-ovqat taʼminoti...

O‘zbekiston va Hindiston “aql markazlari...

O‘zbekiston va Hindiston tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari o‘rtasida aloqalarning jo...

So`nggi yangiliklar